Monza ( , mahalliy Monscia, , st. ) - Italiyadagi shahar, Milan shahri chekkasida, Lambro daryosi bo'yida joylashgan shahar.
Monza - Lombardiyaning beshta yirik shaharlaridan biri bo'lib, Monza e Brianza provinsiyasining ma'muriy markazi hisoblanadi.
Monza tarixi Qadimgi Modizia 6- asrgacha, Lombard qirolichasi Teodelinda bu yerda saroy qurib, monastirga asos solguniga qadar qishloq bo'lib kelgan. O'rta asrlarda Monza vaqti-vaqti bilan Milandan mustaqil bo'lishga harakat qilgan. 1396-yilda Monzada 5 ballga yaqin zilzila sodir bo'lgan.
Italiya urushlari paytida shahar bir necha marotaba qamallarga dosh bergan va Charlz V qo'shinlari tomonidan vayron qilingan. 1900-yilda qirol Umberto I
Arxitektura yodgorliklari
595-yilda qirolicha Teodolinda tomonidan asos solingan kafedral sobor bazilikasi (Duomo). Hozirgi cherkov binosining qurilishi 1300-yilda Viskonti oilasi tashabbusi bilan boshlangan va 1741-yilda yakunlangan. Unda 1592-yildan 1606-yilgacha qurilgan kampanila va Matteo da Kampione tomonidan ishlangan oq va yashil marmar fasad (1390-yildan 1396-yilgacha qurilgan) alohida ajralib turadi. Sobor muzeyidaMuseo e Tesoro del Duomo di Monza Teodolinda va boshqa o'rta asr hukmdorlari davridan qolgan yodgorliklar, shuningdek, 1805-yilda Milanda Napoleon Bonapartga toj kiyish marosimi uchun ishlatilgan Italiyaning temir toji mavjud. Lombard g'ishtli gotika uslubidagi ko'plab o'rta asr cherkovlari va ibodatxonalari mavjud. Go'zal terakotali fasadli Santa Mariya in Strada cherkovi (1393) shular jumlasidandir. Qirollik Villasi - 1777-80-yillarda uyg'onish klassitsizmi uslubida Juzeppe Piermarini loyihasi asosid Milan gertsogi unvoniga sazovor bo'lgan avstriyalik ertsgertsog Ferdinandga atab qurilgan. Yevgeniy Bogarne Italiya vitse-qiroli bo'lgach, ushbu saroyga ko'chib o'tadi. Shundan song' Ertsgertsog Villasi Qirollik Villasi deb nomlana boshlaydi. Hozirgi kunda saroyda badiiy ko'rgazmalar o'tkaziladi. Ratusha (Arengario) 13-asrga oid yodgorlik.
Madaniyat Kapitulyar kutubxonasi oʻzining oʻrta asr qoʻlyozmalari va ilk bosma kitoblar toʻplami bilan mashhur. 1500-yilgacha boʻlgan 176 qoʻlyozma orasida Papa Gregorining Teodelindaga yoʻllagan maktubi (603), Toursga taalluqli Alkuin Injil nusxasi (9-asr oʻrtalari), Berengar qoʻlyozmalari, liturgik qoʻshiqlar kitoblari, shular jumlasidandir.
Sport
Monza Avtodromi afsonaviy avtopoyga treki bo'lib, uzoq vaqt davomida dunyodagi eng tezkor deb hisoblanardi. Bu yerda Formula 1, Italiya Gran-prisi kabi turnirlar o'tkaziladi. FK Monza - Italiya A Seriyasida o'ynaydigan futbol klubi.
Taniqli shaxslari
Juzeppe Longi (1766-1831) - italiyalik o'ymakor usta va yozuvchi.
Manbalar
Adabiyotlar
Монца // Многоножки — Мятлик. — М. : Советская энциклопедия, 1954. — С. 264. — (Большая советская энциклопедия : [в 51 т.] / гл. ред. Б. А. Введенский ; 1949—1958, т. 28).
Havolalar
Monza munitsipalitetining rasmiy sayti Turkum:Italiya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar