Lara Colturi (2006-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — asli italiyada tugʻilgan alban boʻlib, togʻ changʻisi sportchisi hisoblanadi, texnik va tezkor musobaqalarga ixtisoslashgan jahon kubogida ishtirok etadi. U 2022 FIS togʻ changʻisi Janubiy Amerika kubogida gʻolib chiqgan.
Biografiyasi thumb|390x390px| Colturi ota-onasi bilan. thumb|260x260px| Colturi 2023-yil yanvar oyida Lara Colturi sobiq Olimpiya chempioni Daniela Ceccarelli va changʻi boʻyicha murabbiy Alessandro Colturining qizi. U Turin shahrida tugʻilgan va Suza vodiysidagi Cesana Torinese shahrida voyaga yetgan. Uning Yuriy ismli bitta ukasi bor.
Colturining onasi 2020-yilda Albaniya changʻi federatsiyasiga maslahat boʻlib ishlay boshlagan va keyingi mavsumda federatsiyaning ayollar jamoasi texnik direktori boʻlgan. 2022-yil may oyida Colturi ASF bilan FIS aʼzoligini olgan va shu tariqa Albaniyani xalqaro maydona himoya qila boshlagan
2022-yilning 19-noyabrida 2023-yilgi togʻ changʻisi boʻyicha Jahon kubogi saralash musobaqasida Colturi Finlyandiyaning Levi shahrida slalom boʻyicha ishtirok etgan ammo ikkinchi bosqichga oʻta olmagan. Colturi keyingi haftada gigant slalomda 17-oʻrinni egallagan va togʻ changʻisi boʻyicha Jahon kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan.
Colturi Janubiy Amerika changʻi kubogida umumiy, slalom, gigant slalom va togʻ slalomi kombinatsiyasida gʻolib chiqgan. U 2022-yil 22-oktabr kuni Avstriyaning Solden shahrida jahon chempionatida debyut qilgan.
Colturi Avstriyaning Sankt-Anton shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi eng yosh oltin medal sohibi boʻlgan.
2023-yilning 7-fevralida Lara mashgʻulot paytida oʻng tizzasidagi xoch bogʻlamidan jarohat olgan.
U 2023-yil 28-oktabrda Solden gigant slalomda changʻi poygalari boʻyicha Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etish bilan musobaqlarga qaytgan.
Jahon chempionati natijalari
Mavsum jadvali
Top 15 Sana JoyYoʻnalishBall 17-03-2024Saalbach Gigant Slalom 11 30-01-2024 Kronplatz Gigant Slalom 12 2024-01-20 Jasna Gigant Slalom 13 16-01-2024Flachau Slalom 9 07.01.2024Kranjska Gora Slalom 13 25-11-2023Killington Gigant Slalom 12
Janubiy Amerika kubogi natijalari Colturi umumiy Janubiy Amerika kubogi va uchta yoʻnalish turnirida gʻolib chiqgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2006-yilda tugʻilganlar