Roman Mixaylovich Dmitriyev (7-mart 1949-yil, Bestyax naslegi, Yoqut ASSR — 11 fevral 2010-yil, Moskva, Rossiya) — sovet erkin kurashchisi, 1972-yil Myunxendagi Olimpiya oʻyinlari chempioni, 1976-yil Monrealdagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori, Jahon va Yevropa chempioni, olti karra SSSR chempioni. 1970-yillarning birinchi yarmidagi eng yaxshi jahon kurashchilaridan biri. SSKA klubi tarkibida musobaqalarda qatnashgan. Erkin kurash boʻyicha ikki karra SSSR chempioni Gavriil Dmitriyevning ukasi. Biografiyasi Dmitriy Korkin nomidagi Churapcha erkin kurash maktab-internatining oʻquvchisi. Murabbiylari Nikolay Volkov va Sergey Preobrajenskiy boʻlgan.
1978-yilda Rossiya davlat jismoniy madaniyat va texnologiya universitetini tamomlagan. 1981-yildan 1985-yilgacha SSSR sport qoʻmitasi murabbiyi. Roman Dmitriyev YASSR terma jamoasi katta murabbiyi va erkin kurash boʻyicha Rossiya Federatsiyasi yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi boʻlib ishlagan.
Sportchi va murabbiy sifatidagi faoliyatini yakunlagach, Roman Dmitriyev Saxa respublikasi (Yoqutiston) yoshlar ishlari va sport vazirining birinchi oʻrinbosari; Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Saxa respublikasi (Yoqutiston) doimiy vakolatxonasining sport masalalari boʻlimi boshligʻi; Saxa respublikasi (Yoqutiston) Davlat majlisining (Il Tumen) Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisidagi doimiy vakili; Saxa respublikasi (Yoqutiston) Davlat majlisi (Il Tumen) deputati (Yagona Rossiya fraksiyasidan), Oila, bolalik, yoshlar, jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan
Roman Dmitriyev 2010-yil 11-fevralda 61 yoshida vafot etgan. Yakutsk shahrida, Maganskoye qabristoniga dafn etilgan.
Xotira Yoqutiston aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 (RA-89012) samolyotlaridan biri Roman Dmitriyev nomi bilan atalgan. 2011-yildan boshlab Yakutskda oʻsmirlar oʻrtasida Roman Dmitriyev xotirasiga bagʻishlangan Butunrossiya turniri, 2013-yildan boshlab oʻsmirlar oʻrtasida Roman Dmitriyev xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkazib kelinmoqda. 2018-yil 19-oktyabrda Roman Dmitriyev nomi Birlashgan jahon kurashining (UWW) shon-sharaf zaliga kiritildi. Mukofot va unvonlari SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi; SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan murabbiy; Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodimi; Komsomol Markaziy qoʻmitasining „Sport shon-sharafi“ belgisi; Hurmat belgisi ordeni; Qutb yulduzi ordeni; „Shavkatli mehnat uchun“ medali; Yakutsk, Jigansk, Vilyuysk shaharlari, Churapchi ulusi faxriy fuqarosi. Manbalar
Video Tbilisidagi xalqaro turnir 1969-yil, erkin kurash, 48 kg: Roman Dmitriyev (SSSR) — Ibrahim Javadi (Eron)
Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:11-fevralda vafot etganlar Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:7-martda tugʻilganlar Turkum:Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari