Atalanta Bergamasca Calcio, odatda Atalanta deb ataladi. Italiyaning Lombardia, Bergamo shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Italiya chempionati tizimining eng yuqori toifasi boʻlgan A Seriyada ishtirok etadi.
Atalanta 1907-yilda Liceo Classico Paolo Sarpi talabalari tomonidan tashkil etilgan va La Dea, Neradzurri va Orobici laqabini olgan. Klub koʻk-qora vertikal chiziqli koʻylaklar, qora shortilar va qora paypoqlarda oʻynaydi. Klub uy uchrashuvlarini 21 747 oʻrinli Gewiss stadionida oʻtkazadi. Italiyada Atalantani baʼzan Regina delle provinciali (viloyat klublari malikasi) deb atashadi, bu klub viloyatlar markazidan boʻlmagan Italiya klublari orasida eng barqarori, A seriyada 62 mavsum, B seriyada 28 mavsum oʻynagan va C Seriyada faqat bitta mavsum ishtirok etgan. „Atalanta“ yaqin atrofdagi „Breshiya“ klubi bilan uzoq yillik raqobatga egaWar, Pigs and Rabbits: Atalanta and Brescia meet 13 years later, Conor Clancy, Forza Italian Football, 29 November 2019. Retrieved 2 June 2022.
Klub shuningdek, oʻzining yoshlar akademiyasi bilan mashhur, u Yevropadagi eng yaxshi ligada oʻynagan bir nechta taniqli isteʼdodlarni ishlab chiqdi.
„Atalanta“ 1963-yilda Italiya kubogini, 2023/24 mavsumda esa UEFA Yevropa ligasida gʻolib chiqdi. Klub 1988-yilda B seriyada ishtirok etayotgan Kubok egalari kubogining yarim finaliga ham chiqdi. Bu UEFAning yirik musobaqalarida birinchi divizion boʻlmagan klublarning birgalikdagi eng yaxshi koʻrsatkichidir. Atalanta, shuningdek, UEFA Yevropa Ligasining (ilgari UEFA Kubogi deb ataladigan) oltita mavsumda ishtirok etdi va qoʻshimcha ravishda toʻrt marta UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etib, 2020-yil chorak finalga chiqdi.
Tarix
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
Atalanta U23
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
Yoshlar jamoasi
Ijaraga berilgan
Nafaqaga chiqqan raqamlar 12 — Muxlislarga, xususan Curva Pisanilarga bagʻishlash
14 - Federiko Pisani, hujumchi (1991-97) — vafotidan keyin sharaf
80 — , radio jurnalisti.
Menejerlar alt=Portrait of Gian Piero Gasperini|right|thumb|225x225px| Jan Per Gasperini 2024-yilda „Atalanta“ bosh murabbiyi sifatida „Atalanta“ning hozirgi murabbiyi (bosh murabbiyi) 2016-yilning 14-iyunida bu lavozimni egallagan Gian Piero Gasperini hisoblanadi. Klub oʻzining birinchi professional murabbiyi Chezare Lovatini 1925-yilda yollaganidan beri klubda jami 59 ta murabbiy (shu jumladan oʻyinchi-murabbiylar, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi yordamchilar va muvaqqat menejerlar) mavjud. 2019-2021-yillarda klubni ligadagi eng yuqori oʻriniga va UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichiga olib chiqqan hozirgi murabbiy Gasperini klub tarixida bosh murabbiy sifatida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan ( 331 ta) va „Atalanta“ boshqaruvidagi eng uzoq uzluksiz ish (ketma-ket yetti mavsum) faoliyat olib borgan murabbiy hisoblanadi. Klubning ikkinchi eng koʻp ishlagan murabbiyi Emiliano Mondoniko boʻlib, u barcha musobaqalarda, jumladan, UEFA Kubok Egalari Kubogi va UEFA kubogida ikki marta, (1987-90 va 1994-98) 299 ta oʻyinda murabbiylik qilgan. Stefano Kolantuono, shuningdek, ikki xil holatda (2005-07 va 2010-15) bosh murabbiy boʻlgan, jami 281 oʻyinda ishtirok etgan klubning uchinchi eng uzoq murabbiyi hisoblanadi.
Boshqaruv tarixi IsmMillatYillarCesare Lovati1925-1927Imre Payer1927-1929Luigi Cevenini1929-1930József Viola1930-1933Imre Payer1933Angelo Mattea1933-1935Imre Payer1935-1936Ottavio Barbieri1936-1938Géza Kertész1938-1939Ivo Fiorentini1939-1941János Nehadoma1941-1945Giuseppe Meazza1945-1946Luis Monti1946Ivo Fiorentini1946-1949Alberto Citterio1949Carlo Carcano1949Giovanni Varglien1949-1950Denis Charles Neville1951Carlo Ceresoli1951-1952Luigi Ferrero1952-1954Francesco Simonetti,Luigi Tentorio1954Luigi Bonizzoni1954-1957Carlo Rigotti1957Giuseppe Bonomi1957 IsmMillatYillarKarl Adamek1957-1959Ferruccio Valcareggi1959-1962Paolo Tabanelli1962-1963Carlo Alberto Quario1963-1964Carlo Ceresoli1964Ferruccio Valcareggi1964-1965Héctor Puricelli1965Stefano Angeleri1965-1967Paolo Tabanelli1967-1968Stefano Angeleri1968-1969Silvano Moro1969Carlo Ceresoli1969Corrado Viciani1969Renato Gei1969-1970Battista Rota1970Giulio Corsini1970-1973Heriberto Herrera1973-1974Angelo Piccioli1974-1975Giancarlo Cadé1975-1976Gianfranco Leoncini1976Battista Rota1976-1980Bruno Bolchi1980-1981Giulio Corsini1981Ottavio Bianchi1981-1983 IsmMillatYillarNedo Sonetti1983-1987Emiliano Mondonico1987-1990Pierluigi Frosio1990-1991Bruno Giorgi1991-1992Marcello Lippi1992-1993Francesco Guidolin1993Andrea Valdinoci,Cesare Prandelli1993-1994Emiliano Mondonico1994-1998Bortolo Mutti1998-1999Giovanni Vavassori1999-2003Giancarlo Finardi2003Andrea Mandorlini2003-2004Delio Rossi2004-2005Stefano Colantuono2005-2007Luigi Delneri2007-2009Angelo Gregucci2009Antonio Conte2009-2010Valter Bonacina2010Bortolo Mutti2010Stefano Colantuono2010-2015Edoardo Reja2015-2016Gian Piero Gasperini2016-
Murabbiylar shtabi
LavozimiIsmiMurabbiy Gian Piero GasperiniYordamchi murabbiy Technical collaborators Mauro Fumagalli Cristian RaimondiDarvozabonlar murabbiyi Massimo BiffiFitness trainers Domenico Borelli Gabriele Boccolini Giacomo MilesiOʻyin tahlilchisi Luca Trucchi Stefano BrambillaBosh shifokor Riccardo Del VescovoBirinchi jamoa shifokori Carmine Stefano PoerioHealthcare professionals Umberto Improta Marcello Ginami Omar Souaada Francesco PalvariniNutritionist Danilo Azara
Moliya va mulk
Atalantaning bir nechta prezidentlari (raislari) boʻlgan ( yoki ) ularning tarixi davomida. Ulardan baʼzilari klubning asosiy aktsiyadori boʻlishgan. 2008-yil yanvar oyida insultga uchraganidan soʻng oʻz lavozimidan ozod qilingan Ivan Ruggeri eng uzoq vaqt xizmat qilgan rais boʻlib, uning oʻrniga 2008-yil sentyabr oyida Atalanta raisi etib tayinlangan oʻgʻli Alessandro tayinlangan. Alessandroning otasi insult oqibatlari tufayli jamoani boshqara olmadi. 2010-yil iyun oyida, yana B seriyaga tushib ketganidan soʻng, Alessandro Ruggeri klubdagi oʻz ulushini Antonio Perkassiga sotdi va u Atalantaning yangi raisi boʻldi. Ism Yillar Enriko Luchsinger 1920-1921 yillar Antonio Gambirasi 1926-1928 yillar Pietro Kapoferri 1928-1930 yillar Antonio Pesenti 1930-1932 yillar Emilio Santi 1932-1935 yillar Lamberto Sala 1935-1938 yillar Nardo Bertonchini 1938-1944 yillar Gerino Oprandi 1944-1945 yillar Daniele Turani 1945-1964 yillar Attilio Vicentini 1964-1969 yillar Ism Yillar Jakomo „Mino“ Barakchi 1969-1970 yillar Axille Bortolotti 1970-1974 yillar Enzo Sensi 1974-1975 yillar Axille Bortolotti 1975-1980 yillar Chezare Bortolotti 1980-1990 yillar Axille Bortolotti 1990 yil Antonio Percassi 1990-1994 yillar Ivan Ruggeri 1994-2008 yillar Alessandro Ruggeri 2008-2010 Antonio Percassi 2010-
Yutuqlar
Mahalliy
Liga
B seriya Gʻoliblar (6): 1927-28, 1939-40, 1958-59, 1983-84, 2005-06, 2010-11 C1 seriyasi Gʻoliblar (1): 1981-82
Kuboklar
Italiya kubogi Gʻoliblar: 1962-63
Yevropa musoboqalari
UEFA Yevropa Ligasi Gʻoliblar: 2023-24
Divizionlardagi ishtirok Seriya Yillar OxirgiKoʻtarilish Chiqib ketishlar A 63 2023-24 — 12 (1929, 1938, 1958, 1969, 1973, 1979, 1987, 1994, 1998, 2003 , 2005, 2010) B 28 2010-11 13 (1928, 1937, 1940, 1959, 1971, 1977, 1984, 1988, 1995, 2000, 2004, 2006, 2011 y .) 1 (1981) C 1 1981-82 1 (1982) — 1929-yildan beri Italiyada 92 yillik professional futbol
UEFA klublar koeffitsienti reytingi UEFA koeffitsienti reytingi
Daraja Jamoa Ballar 19 Benfika 79.000 20 Portu 77.000 21 Atalanta 74.000 22 Arsenal 72.000 23 Vest Xem Yunayted 68.000
Yoshlar tizimi thumb| 1972/1973-yilgi mavsumda Atalanta yoshlar tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan eng mashhur futbolchilardan biri boʻlgan yosh Gaetano Scirea Atalanta yoshlar tizimi alohida milliy ligalarda (Primavera, Allievi Nazionali A va B va Giovanissimi Nazionali) ishtirok etadigan toʻrtta erkaklar jamoasidan va mintaqaviy darajada ishtirok etadigan ikkitadan (Giovanissimi Regionali A va B) iborat.
Atalanta yoshlar jamoalarini tuzishga qaror qilgan birinchi shaxs Juzeppe Ciatto edi. Har bir tashkiliy jihat u tomonidan koʻrib chiqilgan va hal qilingan. Shuningdek, turli jamoalarni tayyorlashga homiylik qilgan. 1949-yilda Atalanta Campionato Ragazzi gʻolibi boʻlgan.
1950-yillarning oxirida „Atalanta“ning sobiq futbolchisi Luidji Tentorio (oʻsha paytdagi klubning maxsus komissari) yoshlarga yanada tizimli ravishda sarmoya kiritishni boshlash zarurligini his qildi: u birinchi jamoadan oʻzining mustaqil tuzilmasi boʻlgan haqiqiy yoshlar sektorini yaratishga qaror qilgan. Yoshlar jamosi Juzeppe Brolisga ishonib topshirildi, u Veneto va Friuli viloyatlaridagi turli klublar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi, skautlar va yosh murabbiylar tarmogʻini qurgan.
Bergamo klubining yoshlar jamoasi (maktabi, akademiyasi) tarixidagi muhim qadam 1990-yillarning boshida prezident Antonio Perkassi yangi investitsiya siyosatini, ayniqsa, yoshlar darajasida amalga oshirgan paytda sodir boʻlgan. U Fermo Favinini Komoni ishontirishga muvaffaq boʻldi va unga yoshlar sektori maʼsuliyatini ishonib topshirdi.
Atalanta yoshlar tizimi nafaqat asosiy jamoa uchun oʻyinchilar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni davom ettirdi, balki eng muhimi, jamoa tizimida yetishib chiqqan futbolchilar milliy ligalarda bir nechta marta chempionlikni qoʻlga kirita boshladi. 1991-yildan 2014-yilgacha turli yoshlar jamoalari 17 ta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan.
Yoshlar darajasidagi muvaffaqiyatlardan tashqari, Atalanta yoshlar tizimi ham Yevropada eng yuqori maktablardan biri sifatida baholanadi. Covercianodagi oʻquv markazining reytingiga koʻra, Atalanta Italiyada eng yaxshi yoshlar tizimiga ega va Yevropada „Real Madrid“, Barselona va uchta fransuz jamoasidan keyin oltinchi oʻrinda turadi. Baxolashda foydalanilgan parametrlar klub tomonidan yoshlar tizimida oʻqtilgan futbolchilarning Oliy dviziondagi soni edi. 2007/2008-yilgi mavsumda „Atalanta“ning yoshligidan 22 nafar futbolchi A Seriyada, 32 nafari B Seriyada va 3 nafari xorijda oʻynagan.
2014-yilda „CIES Football Observatory“ global tadqiqoti Atalanta yoshlar tizimini dunyoda sakkizinchi oʻringa qoʻydi, bunda 25 nafar sobiq yosh oʻyinchilar Yevropaning eng yaxshi 5 ligasida oʻynashi qayd etilgan.
Eslatmalar
Manbalar
Bibliografiya
Havolalar
Atalanta Archived 30 June 2022 at the Wayback Machine at Serie A Atalanta at UEFA Official fans site Tutto Atalanta: Atalanta News & Gossip
Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan klublar Turkum:Atalanta BC Turkum:Serie A klublari Turkum:Italiya futbol klublari Turkum:1907-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari