Luana Gomes (2003-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — portugal-angolalik badiiy gimnastikachi. U xalqaro musobaqalarda Angolani sharafini himoya qiladi.
Luana 2019-yil Bokuda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida debyut musobaqasida maydonga tushgan, u jamoaviy bahslarda 42-oʻrinni egallagan. Koʻpkurashda 102-oʻrin, halqa bilan mashq qilishda 105-oʻrin, toʻp bilan mashqa bajarishda 95-oʻrin, tayoq bilan mashqa bajarishda 125-oʻrin va tasama bilan mashqa baharishda139-oʻrinni egallagan.
2020-yilda Sharm ash-Shayxda boʻlib oʻtgan Afrika chempionatida u halqa, toʻp va tasma bilan mashq qilishda bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2021-yilda u Kitakyusu shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yagona Angola vakili boʻlib ishtirok etgan. Luana koʻpkurashda 60-oʻrin, halqa bilan mashq qilishda 61-oʻrin, toʻp bilan mashq qilishda 62-oʻrin, tayoq bilan mashq qilishda 62-oʻrin va tasma bilan mashqa qilishda 57-oʻrinni egallagan.
2022-yilda Qohirada boʻlib oʻtgan Afrika chempionatida u jamoalar va klublar bilan bronza medalini qoʻlga kiritdgan Sentyabr oyida u koʻpkurashda 71-oʻrin, halqa bilan mashq qilishda 77-oʻrin, toʻp bilan mashq qilishda 72-oʻrin, tayoq bilan mashq qilishda 78-oʻrin va tasma bilan mashq qilishda 55-oʻrinni egallab, jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
U Sofiyada boʻlib oʻtgan 2023-yilgi jahon chempionatida qatnashib, koʻpkurashda 46-oʻrinni, halqa bilan mashq qilishda 46-oʻrinni, toʻp bilan mashq qilishda 45-oʻrinni, tayoq bilan mashq qilishda 43-oʻrinni va tasma bilan mashq qilishda 42-oʻrinni egallagan. Keyin u Bokudagi bosqichda qatnashib, koʻpkurashda 51-oʻrinni, halqa bilan mashq qilishda 50-oʻrinni, toʻp bilan mashq qilishda 51-oʻrinni, tayoq bilan mashq qilishda 31-oʻrinni va tasma bilan mashq qilishda 53-oʻrinni egallagan. Portimaoda esa koʻpkurashda 26-oʻrin, halqa bilan mashq qilishda 29-oʻrin, toʻp bilan mashq qilishda 34-oʻrin, tayoq bilan mashq qilishda 19-oʻrin va tasma bilan mashq qilishda boʻyicha 33-oʻrinni egallagan. Mokadagi 2023 Afrika chempionatida u jamoalarda va koʻpkurashda bronza, toʻp va tasma bilan kumush va halqa hamda tayoq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan .
Manbalar
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar