Olga Vitaliyevna Stefanishina (; 1985-yil 29-oktyabr, Odessa, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik huquqshunos. 2020-yil 4-iyundan boshlab Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari. Biografiyasi 1985-yil 29-oktyabrda Odessada tugʻilgan. 2006—2007-yillarda xususiy yuridik amaliyot bilan shugʻuallangan. 2007-yil oxirida Ukraina adliya vazirligining xodimi, 2007—2010-yillarda davlat departamentining qonun hujjatlarini moslashtirish boʻyicha Yevropa integratsiyasini huquqiy qoʻllab-quvvatlash departamentining moslashuv ishlarini tashkil etish va rejalashtirish boʻlimi xodimi, 2010-2015-yillarda Ukraina adliya vazirligining xalqaro huquq boʻlimi, Yevropa integratsiyasi departamenti direktor oʻrinbosari, direktori, 2017-yilning martidan dekabrigacha Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha hukumat boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan. 2017-yil dekabr oyida Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasini muvofiqlashtirish boʻyicha hukumat boshqarmasi bosh direktori lavozimiga tayinlanadi. 2019-yilda ishdan boʻshatilgandan soʻng, „Ilyashev i Partnyori“ yuridik firmasida maslahatchi boʻlib ishlagan. 4-iyun kuni Vadim Pristayko oʻrniga bosh vazirning Yevropa integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2019-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida 25-raqam ostida „Ukrainaning Groysman strategiyasi“ partiyasidan Oliy Rada deputatligiga nomzodini qoʻygan, biroq gʻolib boʻla olmgan. 2020-yil 4-iyun kuni Oliy Rada Olga Stefanishinani Ukraina bosh vazirining Yevropa integratsiyasi boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlash uchun ovoz beradi. 2020-yil 17-avgustdan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi. 5-darajali davlat xizmatchisi. left|thumb| Stefanishinaning Oliy Radadagi chiqishi Focus jurnali maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda „100 ta eng nufuzli ukrainalik“ reytingida 45-oʻrin va „2021-yilda Ukrainaning 100 ta eng nufuzli ayoli“ reytingida 14-oʻrinni egallagan. 2021-yilda Legal gazetasi maʼlumotlariga koʻra TOP 10 ta muvaffaqiyatli yurist-siyosatchilar roʻyxatiga kiritilgan. Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari sifatida hukumatda bir qator muvofiqlashtirilgan vazifalarni bajaradi. Ukrainaning Yevroatlantika integratsiyasini muvofiqlashtirish komissiyasi raisi. Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar komissiyasi raisi. Glazgodagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida (COP26) Ukraina delegatsiyasi rahbari. Chegaralarni kompleks boshqarishni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi rahbari. Yevropa yashil kelishuvi va Ukrainaning yashillikka oʻtishi boʻyicha oliy darajadagi muloqot ishchi guruhi hamraisi. Muloqot 2021-yil fevral oyida Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal va Yevropa komissiyasining Yevropa yashil kelishuv boʻyicha ijrochi vitse-prezidenti Frans Timmermans tomonidan boshlangan. thumb|250x250px| Olga Stefanishina va Jens Stoltenberg (Bryussel, 2022-yil-10 yanvar)Assotsiatsiya shartnomasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish komissiyasi raisining oʻrinbosari. Yevropa komissiyasining Yevropa yashil kelishuv tashabbusi doirasida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etishni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi raisining oʻrinbosari. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi. Milliy islohotlar kengashi aʼzosi. „Sluga naroda“ partiyasining siyosiy kengashi aʼzosi. Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari sifatida Ukraina hukumati va Slovakiya respublikasi hukumati oʻrtasidagi hamkorlik komissiyasi, Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Ukraina-Germaniya oliy darajadagi guruhini boshqaradi. Shaxsiy hayoti Onasi Nadejda Fyodorovna Kraves (1952-yilda tugʻilgan). Sobiq eri Mixail Vasilyevich Stefanishin, advokat va amaldor. 2017-yilda ajrashishgan. Sobiq eridan Anastasiya ismli qizi va Daniil ismli oʻgʻli bor. Odessada uchta va Kiyevda bitta kvartirasi bor. Shuningdek, 2012-yilda sotib olingan 2009-yilda ishlab chiqarilgan Toyota RAV4 avtomobiliga ega. 2019-yilda ish haqi sifatida 800 ming grivna olgan. 2008-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetini tamomlagan (mutaxassisligi xalqaro huquqshunos, ingliz tilidan tarjimon). 8 yildan soʻng Odessa milliy universitetini moliya va kredit boʻyicha mutaxassis sifatida tamomlaydi. Ingliz, ukrain va rus tillarida soʻzlashadi. Mukofotlari Olga Stefanishina davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli shaxsiy hissasi, samarali diplomatik faoliyati va yuqori professionalligi uchun III darajali „Xizmatlari uchun“ ordeni (2023-yil 21-dekabr)Ukaz Prezidenta Ukraini ot 21 dekabrya 2023 goda „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Ukraini rabotnikov diplomaticheskoy slujbi“, Litva Buyuk Gersogi Gediminas ordeni (2023-yil 5-iyul, Litva)Dėl apdovanojimo Lietuvos valstybės ordinais ir medaliais, Ukraina Vazirlar Mahkamasining faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:29-oktyabrda tugʻilganlar