Olena Konstantinovna Kondratyuk (; 17-noyabr 1970-yil, Lvov) — ukrainalik davlat arbobi va siyosatchi. 2019-yil 29-avgustdan IX chaqiriq Ukraina Oliy Radasi raisining oʻrinbosari. „Batkivshchina Butunukrain Ittifoqi“ siyosiy partiyasidan VI, VII, VIII va IX chaqiriqlar Ukraina xalq deputati, Ukraina va Polsha respublikasi Parlament assambleyasining hamraisi. Parlamentlararo ittifoqdagi Milliy parlament guruhi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. Oliy Radaning VIII chaqiriq soʻz erkinligi va axborot siyosati qoʻmitasi kotibi, YXHT Parlament assambleyasidagi delegatsiya aʼzosi oʻrinbosari, „Ravnie vozmojnosti“ („Teng imkoniyatlar“) fraksiyalararo deputatlar birlashmasi hamraisi. „Sovetnik“ PR agentligining sobiq direktori. Taʼlimi 1993-yilda Ivan Franko nomidagi Lvov milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi. Ukrainadagi ijtimoiy harakatlarni tadqiq qilgan. Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama sohasidagi yetakchi mutaxassis. Siyosiy faoliyati 2007-yildan Timoshenko blokidan xalq deputati. 2012 va 2014-yillardagi saylovlarda „Batkivshchina“ partiyasidan qayta saylangan. Oliy Radaning soʻz erkinligi qoʻmitasi aʼzosi, 2007—2012-yillarda Markaziy Yevropa Tashabbusining parlament miqyosidagi delegatsiya aʼzosi oʻrinbosari, 2012—2014-yillarda Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi delegatsiyasi aʼzosi oʻrinbosari boʻlgan. 91 ta qonun loyihasi muallifi: VIII chaqiriqda 34 ta qonun loyihasi (shundan 5 tasi qonunga aylandi), VII chaqiriqda 28 ta (3 tasi qonunga aylandi), VI chaqiriqda 29 ta (13 tasi qonunga aylandi). „Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini taʼminlash toʻgʻrisida“gi Ukraina qonunining hammuallifi. Ushbu qonunga koʻra, 2020-yil 16-yanvardan boshlab televideniye, radio va bosma ommaviy axborot vositalaridagi barcha reklamalar faqat ukrain tilida olib borilishi kerak. Qonun, shuningdek, barcha hukumat amaldorlarini ukrain tilida gapirishga majbur qiladi va ommaviy axborot vositalarida ukrain tilining nufuzini oshiradi. 2011-yil dekabr oyida „Ravnie vozmojnosti“ („Teng imkoniyatlar“) fraksiyalararo deputatlar birlashmasi asoschilaridan biri boʻlgan. 2019-yilgi parlament saylovlarida „Batkivshchina“dan xalq deputatligiga nomzod, roʻyxatda 5-oʻrin. Saylov natijalariga koʻra Oliy Radaning 9-chaqirigʻiga saylangan. 2019-yil avgust oyida 9-chaqiriq Ukraina Oliy Radasi raisining oʻrinbosari etib saylandi. 2020-yil 13-noyabrdan 2020-yil 29-noyabrgacha Ukraina Oliy Radasi raisi vazifasini bajaruvchi. 2021-yilda Kondratyuk „Novoye vremya“ jurnaliga koʻra, Ukrainaning eng yaxshi 100 ta muvaffaqiyatli ayollari roʻyxatiga kiradi.
Tanqid Ukraina tilidagi qoʻshiqlar uchun kvotalar boʻyicha 3822-1-sonli qonun loyihasining faol tashabbuskori. Ushbu qonun loyihasi ukrain tilidagi musiqa uchun kvotani sezilarli darajada qisqartirishi, shuningdek, uni bajara olmagan stansiyalarni kvotadan ozod qilishi kerak boʻlgan. Mukofotlari Mukofot quroli Fort-9 toʻpponchasi. Oilasi Eri Aleksandr Bogutskiy ICTV telekanali direktori-prezidenti, EastOne investitsiya va konsalting kompaniyasi boshqaruvi aʼzosi. Yustina ismli qizi bor. Manbalar
Turkum:Lvovda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:17-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Ukrainaning shaxsiy toʻpponcha nishoni sohiblari Turkum:Ukrainalik tarixchilar Turkum:Sovet tarixchilari Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar