Narcis Iustin Ianău (rumincha talaffuzi: [ˈnart͡ʃis jusˈtin jaˈnəw]; 1995-yil 24-fevral, Bacău, Ruminiya) — ruminiyalik klassik qoʻshiqchi. U Ruminiyada „Românii au talant“ loyihasining birinchi mavsumida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallagan holda mashhurlikka erishgan.

Hayoti Narcis Iustin Ianău 1995-yil 24-fevralda Bacăuning Barați shahrida, Eduard va Felicia Ianăular oilasida tugʻilgan. U besh yoshida oʻz shahridagi katolik cherkov xorida qoʻshiq aytishni boshlagan. U yerda ustozi Narcisni sopranistlar guruhiga kiritgan. Liceul de Artă „Jorj Apostu“ (o'zbekcha: „Jorj Apostu“ oʻrta sanʼat maktabi)ni tugatgandan soʻng, Narcis Kluj-Napokadagi Academia de Muzică „Gheorghe Dima“ (o'zbekcha: „George Dima“ musiqa akademiyasi)da oʻqishni boshlagan.

Ijodiy faoliyati Românii au talent va Io canto Narcis 2010-yilda Românii au talantning birinchi mavsumida qatnashgan. U Giacomo Puccinining Gianni Schicchi operasidan olingan O mio babbino caroni kuylagan. Barcha uch hakamning roziligi bilan Narcis yarim finalga yoʻllanmasiga ega chiqqan. Yarim finalda Tomaso Albinonining Adagiosini kuylagan va finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Narcis Iustin Ianău 2011-yil 25-aprelda finalda „The Phantom of the Opera“ ariyasining oʻz versiyasini talqin qilgan. U 24,40% ovoz bilan ushbu tanlovda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Shu yilning oʻzida, 2011-yilda Narcis oʻsmirlar musiqa biznesida oʻz oʻrnini egallash maqsadida qoʻshiq kuylash boʻyicha musobaqalashadigan Italiyaning „Io canto“ telekoʻrsatuvida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi.

Bir yil oʻtgach, Narcis „Românii au Talant“ning ikkinchi mavsumining yarim finaliga jonli ijroda taklif qilinadi va u yerda Scarborough Fairni ijro etadi.

Ruminiya milliy operasi, Cluj-Napoca Narcis 2015-yil yanvar oyida Română din Cluj (o'zbekcha: Ruminiya milliy operasi, Cluj-Napoca) operasida Giacomo Puccini operasi boʻlgan Toscada chorvachi rolida debyut qiladi.

Manbalar

Turkum:Qoʻshiqchilar