Ibn Malik Alfiyasi () — 13-asrda Ibn Malik tomonidan yozilgan qofiyali arab tili grammatikasi kitobidir. Asarning toʻliq nomi Xulosa al-alfiyya. Tarixchi Ahmad al-Maqqariyning yozishicha, Al-Alfiyya Ibn Muti az-Zavaviyning Ad-Durra al-alfiya asariga taqlidan yozilgan. 20-asrgacha arab jamiyatlarida boshlangʻich taʼlimning ikkita muhim asoslaridan biri boʻlgan ushbu asarga kamida 43 ta sharh yozilgan.
Ajurrumiya bilan bir qatorda Alfiya ham Qurʼondan keyin diniy maktab oʻquvchilari yod olgan dastlabki kitoblardan biri boʻlgan.
Bu kitob hanuzgacha Hindiston janubidagi Kerala shtati anʼanaviy Darslarida (Masjiddagi Islom taʼlimi tizimi) hamda Indoneziyadagi anʼanaviy islom maktab-internatlarida oʻqitiladi.
Manbalar
Turkum:13-asr arab tilidagi kitoblar Turkum:Oʻrta asrlar arab shoirlari Turkum:Arab tili grammatikasi kitoblari