Futbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi (Футбол бўйича 2024-йилги Ўзбекистон Суперкубоги) — Oʻzbekiston Superkubogining 9-mavsumi boʻlib, har yili oʻtgan mavsumdagi Superliga va Kubok gʻoliblari oʻrtasida oʻtkazilgan futbol uchrashuvidir. Toshkentning Paxtakor klubi 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻlgan boʻlsa, Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi sifatida Nasaf ham oʻyinda ishtirok etdi. Oʻyinni avvalgi turnirda ham hakamlik qilgan Aziz Asimov boshqarib bordi. Asosiy vaqtda Paxtakor klubidan Dragan Ćeran va Nasaf jamoasidan Sharof Muhiddinovning gollari hisobiga 1-1 hisobida yakunlangan. Turnir qoidasiga koʻra, oʻyin durang yakunlangach toʻgʻridan-toʻgʻri penaltilar seriyasi amalga oshirildi. Penaltilar seriyasida Nasaf jamoasi 4-3 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Superkubogida chempionga aylandi.
Oʻyin mezboni va rasmiy shaxslar Oʻzbekiston Superkubogi mezbonligiga ikki jamoa uchun ham neytral maydon sifatida Toshkentning „Bunyodkor“ stadioni tanlandi. Superkubok bahsiga Aziz Asimov bosh hakam etib tayinlangan. Oʻyin tafsilotlari
PaxtakorAsosiy tarkibGK35 Pavel PavlyuchenkoDF2 Behruz AsqarovDF3 Shahzod AzmiddinovDF5 Muhammadqodir HamroliyevMF8 Diyor XolmatovFW10 Dragan ĆeranMF17 Dostonbek HamdamovFW18 Saidumarxon SaidnurullayevDF22 Umar AdhamzodaFW31 Muhammadali UsmonovFW55 Muhammadrasul AbdumajidovZaxira tarkib:GK12 Vladimir NazarovMF14 Nurlan IbraimovDF15 Diyor OrtiqboyevDF19 Sunnatilla PoyonovDF20 Dilshod AbdullayevDF21 Kirill TodorovMF29 Muhriddin FazliddinovFW99 Abbos ErgashboyevBosh murabbiy: / Maksim ShatskixNasafAsosiy tarkibGK35 Abduvohid NeʼmatovDF7 Akmal MozgovoyDF8 Zafarmurod AbdurahmatovMF14 Sharof MuhiddinovMF27 Islom KenjaboyevDF28 Shuhrat MuhammadiyevFW32 Zoran MarušićMF70 Jaba JighauriMF77 Oybek BozorovMF88 Marko StanojevićDF34 Sherzod NasrullayevZaxira tarkib:GK1 Umidjon ErgashevDF2 Alibek DavronovDF6 Murodbek RahmatovMF9 Javohir SiddiqovFW10 Bobur AbduxoliqovFW20 Victor da SilvaMF21 Doniyor NarzullayevDF22 Igor GolbanMF30 Temur ChogadzeBosh murabbiy: Roʻziqul Berdiyev Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov Alisher Usmonov Toʻrtinchi hakam: Abdurashid Xudoyberganov Video yordamchi hakam: Ahrol Risqullayev Video yordamchi hakam yordamchisi: Andrey Sapenko Komissar: Zohirjon AkramxonovOʻyin qoidalari 90 daqiqa. Agar hisoblar teng boʻlsa, qoʻshimcha boʻlimlar oʻtkazilmaydi va Penaltilar seriyasi amalga oshiriladi. Yettita zaxira tarkibi. Maksimal beshta zaxira almashtirish.
Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston Superkubogi OʻzPFL rasmiy saytida Oʻzbekiston Superkubogi Championat.asia saytida
Turkum:Oʻzbekiston Superkubogi Turkum:Paxtakor PFK oʻyinlari Turkum:Nasaf oʻyinlari Turkum:2024-yilda Oʻzbekiston futboli