Claire Louise Perry OʻNeill(1964-yil 3-aprelda tugʻilgan) — Buyuk Britaniyalik biznesmen va sobiq siyosat vakili boʻlgan. 2017-yildan 2019-yilgacha Tozalik Bilan Rivojlanish,Iqlim va Energiya siyosati boʻyicha Jahon biznes kengashining direktori boʻlgan. Ilgari Konservativ partiya aʼzosi boʻlgan Claire, 2010-yildan 2019-yilgacha Wiltshiredagi Devizes kengashi uchun Parlament aʼzosi (MP) boʻlgan.

Tarjimayi holi Claire Louise Richens Worcestershirening Bromsgrove shahrida tugʻilgan va Shimoliy Somerset shahrida katta boʻlgan. Claire Devid va Joanne Richens oilasidagi uchta farzandning eng kichigi. Claire Somersetdagi Nailsea maktabida va Oksforddagi Brasenose kollejida oʻqigan, shuningdek, shu kollejda geografiyani oʻrganib,1985-yilda bitirgan.

Parlamentdagi faoliyati 2006-yilda Konservative Partiyaga qoʻshilganidan soʻng, Perry Shadow Chancellor Jorj Osborne kengashi uchun ishlagan. 2009-yil noyabr oyida Maykl Ankram Devizesdan ketish niyatini eʼlon qilganidan soʻng, Perry Conservative nomzod sifatida tanlandi. Oʻzining ilk nutqida Perry ilgarigi Labour hukumatining qishloq iqtisodiyotini boshqarishini tanqid qilib: „Britaniyadagi qishloq aholisi uchun ish oʻrinlari yetarli emas“ deya taʼkidlab oʻtdi. U shuningdek, Qurolli Kuchlarga alohida hurmat koʻrsatib oʻtdi. Chunki Devizesda 11,000 ta harbiy kuchlar yashab oʻtgan.

2011-yil oktyabr oyida Perry Mudofaa davlat kotibi Filip Hammond Parlamentiga xususiy kotib etib tayinlandiPerry, Claire. . Perry 2013-yil oktyabr oyida hukumat yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. 2014-yil 15-iyul kuni Perry temir yoʻl ishlari, temir yoʻlni taʼmirlash, yuk, logistika shuningdek transport agentligi uchun mas’ul xodim boʻlib xizmat qilgan, shu bilan birga, Perry Eltib Berish Xizmati kengashining davlat kotibi boʻlib tayinlandi. Perry ushbu lavozimdan 2016-yil 14-iyul kuni, Theresa May Bosh vazir boʻlganida, boʻshatilgan.

Parlamentdan keyingi ish faoliyati 2019-yil sentabr oyida, shuningdek, 2020-yil noyabr oyida Perry Glasgowda boʻlib oʻtadigan BMTning 26-Iqlim Oʻzgarishi Konferensiyasining prezidenti etib saylanish uchun nomzodligi qoʻyildi. Shu oyda Perry parlamentga qayta saylanishni xohlamasligini eʼlon qildi va 2019-yil dekabr oyidagi umumiy saylovlarda oʻz lavozimidan voz kechdi. Perry „Devizes“ kengashi uchun Konservative deputat sifatida Danny Kruger tomnidan tayinlandi.

Buyuk Britaniya hukumati 2020-yil 31-yanvarda Perrini prezidentlik lavozimidan toʻsatdan chetlashtirib, bu lavozim „vazirlik“ga almashtirilishini aytdi. Keyinchalik, Perry bosh vazirning maslahatchisi Dominic Cummingsning harakatlarini tanqid qilib, „Cummings meni ishdan boʻshatgan kuni ommaviy axborot vositalari uchun COPga prezident kerak emasligini daʼvo qilib, oʻta tuhmatli namoyish oʻtkazganini“ taʼkidladi. 2023-yil yanvar oyida Bosh vazir Rishi Sunak shuningdek, uning moliyaviy vaziri Jeremy Hunt Perryning qilgan ishlaridan mamnunliklarini aytishlariga qaramay, Perry Konservativ partiyadan isteʼfoga chiqqishini eʼlon qildi. Perry Konservativ partiya „turli xil chalkash gʻoyalar“ tomonidan boshqarilishi haqida aytdi, shu bilan birga, Britaniyaning Yevropa Ittifoqi bilan boʻlgan qiyin munosabatlari ham uning isteʼfosiga sabab boʻlganini taʼkidlab oʻtdi. Perry Keir Starmerni maqtab, uni „oʻziga xos rahbar“ deya taʼrifladi. Perryning sobiq nikohidan uchta farzand boʻlgan. Perryoʻz ajralishini eʼlon qilganidan uch oy oʻtgach, Perry akademik professor Bill OʻNeill bilan munosabatda ekanligi ommaga tarqaldi. Perry va OʻNeil 2018-yilda turmush qurgan. Perry Wiltshire shtatidagi Pewsey Vale shahrida yashaydi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar