Gʻanijon Sheraliyevich Soliyev (1979-yil; Bogʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2024-yildan Bogʻdod tumani hokimi. 2026-yil 29-aprel holatiga ushbu mansabdor o'rniga Isaqov Hojiqo‘zijon Qosimjonovich nomzodi Bag'dod tuman hokimi etib tayinlandi

Hayoti Gʻanijon Soliyev 1979-yilda Bagʻdod tumanida tugʻilgan. Toshkent moliya institutining iqtisod yoʻnalishida tahsil olgan.

Dastlabki faoliyatini 2002-yilda Uchkoʻprik tumani moliya boʻlimida boshlagan, turli yillarda Moliya vazirligining ijtimoiy soha va aholini moliyalashtirish bosh boshqarmasi, Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi, Fargʻona shahri va Bagʻdod tumani moliya boshqarmalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2014–2017-yillarda Oltiariq tumani hokimi oʻrinbosari, 2017–2020-yillarda Bagʻdod tumani hokimi birinchi oʻrinbosari, 2020–2022-yillarda Fargʻona tumani hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2022-2024-yillarda Bagʻdod tumani „Xoʻja qishloq“ MFYda hokim oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2024-yil 19-fevraldan Bagʻdod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Manbalar

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Bagʻdod tumanida tugʻilganlar Turkum:Hokimlar Turkum:Bagʻdod tumani hokimlari Turkum:Toshkent moliya instituti bitiruvchilari