thumb|280x280px| Tartudagi Estoniya Oliy sudi oldidagi „Kannabis soqol va jodugar ovchisi“ grafitisi thumb|280x280px| 2015-yilgi Estoniya parlament saylovlari oldidan Tallinda paydo boʻlgan „Yalangʻoch qirol“ rasmi Edward von Lõngus () – trafaret graffiti uslubida anonim ravishda ishlaydigan estoniyalik rassomning taxallusi„Kesklinna valitsus võitleb tänavakunstnikuga“ ERR Kultuur, April 7, 2015. Uning asarlari ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, butun mamlakatdagi madaniyat muassasalarida yuqori baholanadi, ularning bir nechtasi hatto Tartu sanʼat muzeyida saqlanadiHendrik Alla. "Skandaalne „Alasti keiser“ läheb koos teiste kunstitöödega enampakkumisele" Postimees Kultuur, May 19, 2015. Hayotning turli siyosiy va ijtimoiy jihatlariga taalluqli asarlarini yaratish uslubi, trafaretlardan foydalanish va anonimligi uchun Edward von Lõngusni koʻpincha Banksyga qiyoslanadi„Eesti Banksy Edward von Lõngus tegutseb ka Tallinnas“ elu24, May 15, 2015.

2014-yilda yilda kannabis yetishtirishga qarshi kurash masalasiga bagʻishlangan „Kannabis soqol va jodugar ovchisi“ („Kannahabe ja Nõiakütt“) graffitisi uchun Tartu shahri madaniyati mukofotini (Tartu City Culture Award) oladi. Graffitida Eno Raudning „Naksitrallid“ bolalar kitobidagi personajlardan biri Mox soqol tasvirlangan boʻlib, soqoliga moxning oʻrniga kannabis barglari tushirilgan„Tartu linn tunnustas kultuuripreemiatega loovisikuid ja sündmusi“ Tartu Üliõpilasmaja, February 19, 2014.

2019-yil yanvar oyida Edward von Lõngus „(R)estart Reality“ raqamli street art loyihasi uchun Estoniya Tashqi ishlar vazirligining madaniyat mukofotiga sazovor boʻldi. Estoniyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi ostida boʻlib oʻtgan Estoniya Respublikasining 100 yilligini nishonlash yubiley dasturi doirasida Edward von Lõngus Yevropaning 11 ta poytaxtiga Bryussel, Rim, Berlin, Xelsinki, Kopengagen, Parij, London, Vilnyus, Riga, Vena va Budapesht tashrif buyuradi. Rassom shaharlarning devorlarida Estoniya madaniyati va tarixi bilan bogʻliq qahramonlarni tasvirlaydi. Bundan tashqari, ularning barchasini maxsus dastur va qoʻshimcha texnologiyalar yordamida „jonlantirilishi“ mumkin boʻlgan„Anonymous street artist Edward von Lõngus wins Foreign Ministry Culture Award“ Ministry of Foreign Affairs, January 9, 2019. Manbalar

Turkum:Rassomlar Turkum:Estoniya