Fungus qoyasi (baʼzan qoʻziqorin qoyasi deb ham ataladi, maltaliklar orasida Il-Ġebla tal-Ġeneral nomi bilan tanilgan) – Malta arxipelagidagi Gozo oroli qirgʻogʻida, Dveyradagi dumaloq shaklga ega qora lagunaga kiraverishdagi balandligi lik katta ohaktosh boʻlagi koʻrinishidagi kichik orolchadir. U San Lawrenz shahrining yurisdiktsiyasiga kiradi.
Tarixi Hospitaller ritsarlari qoyaning tekis hududida oʻsadigan malta qoʻziqorini deb nomlanuvchi oʻsimlikni topib oladilar. Aslida u qoʻziqorin emas, balki gullaydigan oʻsimlik boʻlib, bu oʻsimlik oʻzidan yoqimsiz hid taratadi. Oʻsha paytda shifokorlar uning dorivor xususiyatlariga ega ekanligiga ishonishgan. Ritsarlar uni yaralarni davolovchi va dizenteriyadan halos etuvchi vosita sifatida qabul qilishgan. Ular uni shunchalik qadrlashganki, koʻpincha taniqli zodagonlarga va Malta orollariga tashrif buyuruvchi sayyohlarga oʻsimlikni sovgʻa sifatida berishgan.
Grand Master Pinto 1746-yilda orolchani chegara bian oʻrab himoyalashga qaror qiladi. Buzgʻunchilar ritsarlarning galleylarida eshkakchi sifatida orolchaga kelib, bu yerdagi noxushliklarni keltirib chqarishadi. Shu sabali, hududdagi oʻsimlikni himoyalash uchun Master Pinto oʻsha yerga doimiy qoʻriqchi ham qoʻyadiThe historical guide to the island of Malta and its dependencies. p. 88..
Lekin Pintoning harakatlari nooʻrin boʻlib chiqadi. Farmakologlar bugungi kunda Fucus coccineus melitensisCorrectly known as Cynomorium coccineum; it is not a Fucus, which is a genus of seaweed. oʻsimligining tibbiy taʼsirini oʻrganishmoqda.
Hozirgi vaqtda qoʻziqorin oʻsadigan hududlar qoʻriqxona hisoblanadi. Biroq, yaqin atrofdagi qirgʻoq choʻmilish uchun qulayligi sababli ham, bu yerda suv ostiga shoʻngʻuvchilar va havaskor suzuvchilar tez-tez tashrif buyurishadi.
Quyosh botishini Fungus qoyasidagi teshik orqali suratga olish mumkin.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:San Lawrenz Turkum:Maltadagi odam yashamaydigan orollar Turkum:Maltadagi orollar