Yevgeniya Radanova (; 1977-yil 4-noyabrda tugʻilgan) – bolgariyalik ayol short-trekchi va yozgi hamda qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan poygachi. 2001-yil 19-oktyabrda Kanadaning Kalgari shahrida 500 m short-trek masofasida 43,671 soniya bilan jahon rekordini oʻrnatgan. 2002-yilgi Salt Lake City qishki Olimpiya oʻyinlarida xuddi shu masofada kumush medal va 1500 metrga bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2004-yil Afinadagi yozgi oʻyinlarda velosportda qatnashgan, ammo medal ololmagan. 2010-yil Vankuver Olimpiadasida ayollar oʻrtasida 500 m masofaga yugurishda 7-oʻrinni egallagan.
Radanova faoliyatining koʻp qismini „Slavia Sofia“ sport klubi va Bolgariyaning Sofiya shahridagi Milliy sport akademiyasida oʻtkazgan boʻlsa-da, hozirda Italiyada mashgʻulot oʻtkazmoqda. Akademiyada murabbiylik boʻyicha tahsil olgan. Vazni 65 kg, boʻyi 170 sm. Radanova kamida ikki marta ogʻir jarohat olgan, ammo jarohatlarni yengib, yana spotga qaytgan. 2014-yil avgust oyida Radanova Georgiy Bliznashki muvaqqat hukumati tarkibida vaqtinchalik Bolgariya yoshlar va sport vaziri etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar
Speed skater Evgenia Radanova ready to raise new generation Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar