Zaur Xazrailovich Taxushev (1981-yil, 9-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik ogʻir atletikachi, 85 kg gacha vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etadi. Rossiya chempioni, Yevropa chempionati sovrindori, olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Tarjimayi holi Zaur Taxushev 1981-yil 9-noyabrda Nartkalda (Kabardino-Bolqoriya) tugʻilgan.
Kursk davlat texnika universitetida tahsil olgan.
Faoliyati Dastlabki yillarida Urvan viloyati sport va oʻsmirlar sport maktabi aʼzosi boʻlgan. Mixail Shikemov va Yuriy Cherkesov qoʻl ostida mashgʻulotlarni oʻtkazgan.
1997-yilda Taxushev yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. 4 yil oʻtib, oʻsmirlar oʻrtasida ham jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2001-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 327,5 kg natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2002-yilda Zaur Taxushev 22 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi Rossiya chempionati gʻolibi boʻlgan.
2003-yildan beri kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Taxushev dast koʻtarishda 167,5 kg, siltab koʻtarishda 190 kg tosh koʻtarib, Nevinnomisskdagi musobaqada Rossiya chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. 2003-yilda Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan va Moskvaning SSKA klubi sharafini himoya qila boshlagan.
Saralash bahslarida yaxshi natija qayd etmaganligiga qaramasdan Afinada boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun terma jamoaga chaqirilgan. Taxushev Kievdagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Gretsiyadagi Olimpiya oʻyinlarida 85 kilogramgacha boʻlgan vazn toifasida siltab koʻtarishda 175 kg toshni koʻtarishda uchta urinishda ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan va musobaqani muddatidan oldin yakunlagan.
2005-yilda Kurskdagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan.
2006-yilda Vladislavovdagi Yevropa chempionatida 370 kg natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. Belaruslik Andrey Ribakov va rossiyalik Yuriy Mishkovets mos ravishda birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan.
Mukofotlari Xalqaro toifadagi sport ustasi. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:9-noyabrda tugʻilganlar