Manuel Ugarte Ribeiro (2001-yil 11-aprelda tugʻilgan) – Urugvaylik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Manchester United jamoasi hamda Urugvay milliy futbol terma jamoasida markaziy yarim-himoyachi rolida toʻp suradi.

Ugarte Fénixning yoshlar akademiyasidan kelgan va 2016-yilda asosiy tarkibga qoʻshilgan. 2021-yil dekabr oyida u Portugaliya Premerliga transfer qilindi va u yerda Famalicão jamoasiga qoʻshildi. Juda yaxshi oʻtkazgan mavsumning birinchi yarmidan soʻng Sporting CP klub bilan birgalikda Taça da Liga mukofotiga erishgan. 2023-yil iyul oyida u 60 million yevro evaziga Paris Saint-Germain jamoasiga qoʻshildi.

Ugarte Urugvay uchun sobiq yoshlar terma jamoasi futbolchisi boʻlib, oʻz mamlakatini turli yoshlar toifasida namoyish etdi va 2020-yilgi CONMEBOL Olimpiyada turnirida jama bilan uchinchi oʻrinni egallagan. U 2021-yilda xalqaro miqyosdagi futbolda oʻzining debyutini qildi.

Futbolchilik faoliyati

Fenix Montevideoda tugʻilgan Ugarte futbolchilik faoliyatini mahalliy „City Park“ klubining yoshlar safida boshlagan, Fénixning yoshlar tarkibiga qoʻshilishdan oldin, 15 yoshida murabbiy Rosario Martines tomonidan asosiy jamoaga koʻtarilgan. Koʻp oʻtmay, u 2016-yilgi Copa Sudamericana musobaqasida ishtirok etadigan 30 kishidan iborat tarkibga kiritiladigan boʻldi

Ugarte professional debyutini 2016-yil 4-dekabrda oʻtkazdi va 83-daqiqada Agustin Kanobbio oʻrniga Danubio jamoasiga qarshi 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa u 21-asrda Urugvayda professional futbol oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi (15 yoshu 233 kun). Ugarte dastlab hujumchi sifatida oʻynagan, keyin yarim himoyachi positsiyasiga oʻtgan.

Juan Ramón Carrasco qoʻl ostida Ugarte 18 yoshida klub sardori etib tayinlangan va oʻzining birinchi golini 2019-yilning 10-martida „Racing Club“ga qarshi oʻyinda (2:0) urgan va usha yili u Uruguayan Primera Divisiónda 14 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2020-yil 29-oktabrda Ugarte Sudamerikana-2020 kubogi birinchi oʻyinida Huachipato ustidan 3:1 hisobidagi gʻalabada Lusiano Nekekarning goliga assistentlik qildi. Umuman olganda, u klub safida 57 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Famalicão 2020-yilning 29-dekabrida Ugarte Portugaliyaning „Famalicão“ klubi bilan 3 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. U 2021-yilning 17-yanvarida „Santa Clara“da 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda Primeira Ligada debyut qildi. 21 fevral kuni u Rio Ave ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, klub safidagi oʻzining birinchi golini urdi. Dastlab tajribasiz boʻlganiga qaramay, Ugarte murabbiyi Ivo Vieira qoʻl ostida jamoadan joy oldi, uning koʻp qirraliligi unga jamoada oʻynash imkonini berdi. Yarim himoyadagi turli pozitsiyalarda oʻynay olishi murabbiy tomonidan juda yaxshi deb baholandi va klub oʻtkazib yuborilgan Europa Conference Leaguedan keyin bunday futbolchiga muhtoj edi.

Sporting CP 2021-yil 9-avgustida Ugarte oʻsha liganing Sporting CP bilan 6,5 million yevro toʻlash evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. 14-avgust kuni u klubdagi debyutini oʻtkazdi va Primeira Ligada „Braga“ga qarshi safardagi uchrashuvda jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi, ushbu oʻyinning 92-daqiqasida João Palhinhaning oʻrniga maydonga tushdi. Ugarte oʻzining „Sporting“dagi birinchi golini 2022-yilning 2-yanvarida urdi va oʻzining sobiq jamoasi Famalicão ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlab João Palhinhaga zaxira sifatida imzolangan, jarohatidan soʻng, Ugarte asocia tarkib oʻyinchisi sifatida toʻp surishni boshladi, murabbiy Rúben Amorim unga 3-dekabr kuni Derby de Lisboada raqibi „Benfica“ga qarshi oʻyinda (3:1) Palhinha oʻrnini ishonib topshirdi. Uning jozibador oʻyinlari va jamoaga tez moslashishi uning menejeri tomonidan maqtovga sazovor boʻldi, shundan soʻng u muntazam oʻynay boshladi va Palhinhaning asosiy tarkibdagi pozitsiyasiga tahdid soldi. 2022/2023-yilgi UEFA Champions League guruh bosqichida Ugarte eng koʻp xujumlarni toʻxtatdi va 34 ta uzatmani muvaffaqiyatli oshirib, shu jumladan, Eintracht Frankfurt ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 12 ta xujumni toʻxtatgan.

Statistikalari

Klub safida

+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha uchrashuv va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLigasi kubokKontinentalBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlargollarOʻyinlargollarOʻyinlargollarOʻyinlargollarOʻyinlargollarOʻyinlargollarFenix2016Urugvaylik Primera División10 - -- - -102017Urugvaylik Primera División00 - - - -002018Urugvaylik Primera División10 - - - -102019Urugvaylik Primera División351 - - - -3512020Urugvaylik Primera División161 - -40 -201Umumiy532==40-572Famalicão2020–21Primeira Liga20100 - - -2012021–22Primeira Liga000010 - -10Umumiy2010010--211Sport CP2021–22Primeira Liga250504140 -3812022–23Primeira Liga3101050100 -470Umumiy5606091140-851Paris Saint-Germain2023–241-li ligada25040 -8000370Karyerasi jami1543100101260002004

Xalqaro +Milliy jamoa va yil boʻyicha uchrashuvlar va gollarMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarUrugvay202110202250202370202420Umumiy150

Manbalar

Havolalar

Profile at the Paris Saint-Germain F. C. website Profile at the Uruguayan Football Association website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Urugvaylik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Urugvay milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari