Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilgan bo‘lib, vazirlik mamlakatimizning ham o‘rta, ham uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun mas’ul organ hisoblanadi.

Bu budjet, soliq, bojxona va tarif siyosatida tarmoqlararo muvofiqlashtirish va muvozanatni hisobga olishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, vazirlik moliya bozori, sugʻurta, fuqarolarning pensiya taʼminoti, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobotlar, budjet tashkilotlari va monopolist korxonalarni moliyalashtirish, xizmatlar narxini belgilash ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirlikka respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining strategik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishish va davlat budjeti parametrlarini boshqarish yuklatilgan.

Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan rasmiy muhr va blankalarga ega boʻlgan yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritadi va banklarda, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga ega.

Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

qisqartmasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

b) rus tilida:

to‘liq nomi – Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан,

qisqartmasi – Минэкономфин;

d) ingliz tilida:

to‘liq nomi – Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan,

qisqartmasi – MEF.

Vazirlik manzili: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy, 100017.

Vazirlik tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Tashkilot nomiBojxona qo‘mitasi

Vazirlar NomOʻz ishini boshladiFaoliyati tugadiIzohlarErkin Boqiboyev1991199419941998Rustam Azimov199820002000200420042005Rustam Azimov20052016201620172017202020202022202320232023Amalda

Manbalar

Turkum:Davlat tashkilotlari Turkum:Moliya Vazirlik Iqtisodiyot