„Toshshahartransxizmat“ AJ – ( ) – yoʻlovchi tashish sohasida rahbarlik va xoʻjalik boshqaruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat tashkiloti. „Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Toshkent shahar hokimiyatiga boʻysunadi.
2023-yilga koʻra „Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 154,060 million soʻmni tashkil etadi.
Tarixi
1992-yil 5-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent shahar yoʻlovchilar transportini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PF-425-sonli farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 266-sonli qaroriga asosan „Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi“ („Toshshaharyoʻlovchitrans“) tashkil qilingan.
2004-yil 11-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi“ gi PF-3366-sonli farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Toshshaharyoʻlovchitrans“ davlat uyushmasini „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida" gi 277-sonli qaroriga muvofiq „Toshshaharyoʻlovchitrans“ davlat uyushmasi „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.
2006-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“ gi 3713-sonli farmoni „Toshshshahartransxizmat“ uyushmasi hamda „Toshkent shahar hokimligining yoʻlovchi transporti barcha turlari xarakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“ gi PQ – 262 – sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgrisida“ gi 11- sonli qarori bilan „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasi tugatilib, uning negizida „Toshshahartransxizmat“ uyushmasi tuzildi. Yuqorida aytilgan meʼyoriy hujjatlarga binoan, „Toshavtobustrans“, „Toshpassremservis“ aksiyadorlik kompaniyalari va „Toshelektrotrans“ davlat kompaniyasi tashkil etildi.
„Toshshahartransxizmat“ uyushmasi „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
„Toshshahartransxizmat“ uyushmasi yuridik huquq maqomiga ega boʻlgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tashkilotidir.
2013-yil 13-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ – 2048 – sonli qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora – tadbirlar toʻgʻrisida“ gi 308 – sonli qarorga asosan „Toshshahartransxizmat“ uyushmasi, „Toshavtobustrans“, Toshpassremservis" aksiyadorlik kompaniyalari va „Toshelektrotrans“ davlat kompaniyasi tugatilib, ular oʻrniga „Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik kompaniyasi tuzilgan. Filiallari „1-avtobus saroyi“ „2-avtobus saroyi“ „3-avtobus saroyi“ „4-avtobus saroyi“ „5-avtobus saroyi“ „7-avtobus saroyi“ „8-avtobus saroyi“ „12-avtobus saroyi“ „18-avtobus saroyi“ „Toshavtotamirxizmat“ UK „Toshavtouztrans“ UK Rahbariyati Djurayev Anvar Zapparovich – Boshqaruv raisi; Shamuradov Rustam Seylixanovich – Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari; Azizov Abdujamil Abdugafarovich – Boshqaruv raisining oʻrinbosari-bosh muhandis; Davlatov Najmiddin Giyazidinovich – Boshqaruv raisining yoʻlovchi tashishni muvofiqlashtirish va yoʻnalish tarmoqlarini optimallashtirish boʻyicha oʻrinbosari; Sobirov Qosimjon Foziljon oʻgʻli – Boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha maslahatchisi. Manbalar
Turkum:Davlat tashkilotlari Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar Turkum:Toshkent shahridagi jamoat transporti