Alfred Ajdarević (1998-yil 20-iyunda tugʻilgan) – kosovolik professional futbolchi, Albaniyaning „Vllazniya“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshlik yillari Alfred Shvetsiyada tugʻilgan, serb millatli futbolchi hisoblanadi. Uning ota onasi Serviyada istoqmat qilishgan ammo keyinchalik yaʼni 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan„Offside“ – Article from the sverige football magazine Offside over Ajdarevic by footballinfinland.wordpress.com. Albaniya manbalarining taʼkidlashicha, oilaning haqiqiy familiyasi Hajdari boʻlgan, ammo otasi Yugoslaviya chempionatida oʻynagani uchun uni „Ajdarević“ deb oʻzgartirgan. Uning otasi Agim Ajdarevich 1980 va 1990-yillarda Yugoslaviya Birinchi Ligasida ishtirok etadigan FK Spartak Subotica jamoasi aʼzosi boʻlgan va keyinchalik Agim 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtganida, u Falkenbergs FF bilan shartnoma tuzgan. Uning katta akasi Astrit ham otasi kabi Falkenbergs FFning oʻyinchisi boʻlgan va Rinia IF jamoasida ilk faoliyatini boshlaganHistorien om Astrit Ajdarevic – Liverpool Football Club – Premier League SvenskaFans.com. Uning boshqa akasi Arben ham futbolchi.
Klubdagi faoliyati
Ilk faoliyati Ajdarević oʻzining yoshlik faoliyatini Rinia IF jamoasida boshlagan, u yerdan Falkenbergs FF jamoasiga koʻchib oʻtganAlfred Ajdarevic ÖSK Fotboll. Keyin 2016-yil 5-iyulda u akasi Astrit Ajdarevichga qoʻshilgan va Örebro SK bilan shartnoma imzolaganAlfred Ajdarevic skriver långtidskontrakt med ÖSK ÖSK Fotboll.
Örebro U 2016-yil 23-iyulda sobiq jamoasi Falkenbergsga qarshi oʻyin uchun Örebro SK jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan va u yerda butun oʻyin davomida zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan. U professional futboldagi debyutini 2016-yilning 6-noyabr kuni „Elfsborg“ jamoasiga qarshi oʻyinda Mayk Sema oʻrniga 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushish orqali amalga oshirgan.
2021-yil 30-iyunda Ajdarević Örebro jamoasini tark etgan.
Xalqaro faoliyati Ajdarević 2017-yilning 18—25-yanvar kunlari Albaniyaning Durres shahrida boʻlib oʻtgan yigʻin uchun murabbiy Alban Bushi tomonidan 21 yoshgacha boʻlgan Albaniya milliy terma jamoasidan ilk xalqaro chaqiruv olgan. 2019-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan Kosovo milliy terma jamoasiga chaqirilgan, ammo oʻyinda maydinga tushirlmasdan zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan. Manbalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari