Benjamin Tomas Devis(Benjamin Thomas Davies 1993-yil 24-aprelda tugʻilgan) − Uelslik professional futbolchi boʻlib, Premyer-liga klubi Tottenham Hotspur jamoasida shu bilan birga, Uels milliy terma jamoasida chap qanot himoyachisi shuningdek, markaziy himoyachi sifatida maydonda toʻp suradi.
Devies Ingliz futbol ligasi tizimiga ixtisoslashgan Swansiyada joylashgan Uels klubi Swansea City akademiyasini bitirgan. Devies 2012-13-yilgi mavsumdagi Premyer-liga oʻyinida West Ham Unitedga qarshi Swansea City klubida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazgan va 2013-yil yanvar oyida Stoke Cityga qarshi kechgan 3-1 hisobi bilan Premyer-ligada uning jamoasi gʻalaba qozongan. Shu oʻyinda Devies oʻzining professional futboldagi ilk golini urgan. 2013 shuningdek, 2014-yilgi mavsumda ham Devies Swansea City klubi uchun asosiy futbolchi boʻlib qolgan.
2014-yil iyul oyida Devis Tottenham Hotspur tomonidan taklif qabul qilgan va Tottenham uchun Yevropa ligasidagi Kiprlik AEL Limassolga qarshi kechga oʻyinda oʻz debyutini amalga oshirgan. Mauricio Pochettino davrida Davies Danny Rose bilan chap qanot himoyasi uchun kurash olib borgan, ammo Davies Antonio Konti tomonidan uchta himoya taktikasida toʻlaqonli asosiy futbolchi sifatida maydonda toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati Devies Glamorganning Gʻarbiy qismidagi Neath shahrida tugʻilgan. Swansea shahridagi futbol boʻyicha yoshlar akademiyasida toʻp surayotgan vaqtida, otasiga ish boʻyicha yirik kompaniyadan taklif kelgandan keyin, Devies va uning oilasi Daniyaning Viborg shahriga koʻchib oʻtishga majbur boʻlishgan. Ular uch yil davomida Daniyada hayot kechirganlar, Devies esa Swansea klubiga qaytishdan oldin,Viborg FF yoshlar jamoasida oʻynagan. Davies Ysgol Gyfun Ystalyfera maktabida oʻqigan.
Tottenham Hotspurdagi faoliyati thumb|2016-yilda Devis Tottenham Hotspur klubida maydonda harakat qilgan 2014-yil 23-iyul kuni Devis Totenham Hotspur bilan hech qanday tovon pulisiz besh yillik shartnoma imzolagan. Devies Swansea jamoasidagi jamoadoshi Micheal Vorm Gylfi Sigurðssonga oʻtgan kuni,Totenham klubiga kelib qoʻshilgan. Devies Premyer-ligada Tottenham Hotspur klubi 0-3 gʻalaba bilan magʻlubiyatga uchraragn oʻyinda ikkinchi boʻlimda maydonga tushgan, ammo bu oʻzgarish hech qanday yordam bera olmagan. Devies oʻz klubida birinchi marta 2014-yil 23-noyabrda Hull Cityga qarshi kechgan 2-1 hisobida gʻalaba qozonib, jamoa safida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2015-yil 1-mart kuni Wembley stadionida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Liga kubokining finalida zahirada qoldirilgan boʻlib, bu oʻyindaTottenham 2-0 hisobi bilan Chelsi klubiga magʻlubiyatga uchragan.
Devies 2017-yil 8-yanvarda klub safida birinchi golini urgan. 2017-yil 9-mart kuni Tottenham bilan toʻrt yil muddatga yangi shartnoma imzolagan hamda bu shartnomaning tugash muddati 2021-yilgacha davom etgan.
Terma jaomoadagi faoliyati 2012-yil sentyabr oyida Davies shu yilda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionatining oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Uels tema jamoasiga chaqirilgan. Deviesning jamoadoshi Neyl Taylori oʻrniga maydonda harakat qilgan. Chunki Neil Sunderlandga qarshi kechgan Premer-ligadagi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat olgan. Davies 2012-yil 12-oktyabr kuni Shotlandiyaga qarshi 2-1 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda, xalqaro debyutini qilgan. 2021-yil may oyida Devies UEFA Yevro 2020 musobaqasida ishtirok etish uchun Uels jamoasiga chaqirilgan. 2022-yil noyabr oyida Qatarda oʻtkazilgan FIFA Jahon chempionati uchun Uels jamoasining tarkibiga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Profile at the Tottenham Hotspur F. C. website
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Uelslik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar