Sony Corporation- transmilliy korporatsiya,bosh ofislari Yaponiya va AQSH da joylashgan, 1946-yil Yaponiya da tashkil topgan. Korporatsiya xoʻjalik va professional elektronika mahsulotlari, oʻyin moslamalari va boshqa yuqoritehnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradi.Bundan tashqari Sony dunyoda eng yirik mediya kompaniyalaridan biridir.Hozirgi kunda kompaniya Sony - BMG ovoz yozish studiyasi(Bertelsmann kompaniyasi bilan hamkorlikda),Columbia Pictures kinostudiyasi va TriStars Pictures,shuningdek MGM kompaniyasining toʻliq kinolar arhiviga(Comcast kompaniyasi bilan hamkorlikda) egalik qiladi.

Tarix: thumb|left|Masaru Ibuka,Sony asoschilaridan biri "Sony" korporatsiyasi 7-may 1946-yil Akito Morita va Masaru Ibuka tomonidan asos solingan. "Sony" atamasi lotincha "sonnus"- ovoz degan maʼnoni bildiradi.Boshida kompaniya "Tosuko" deb nomlangan.Kompaniya asoschisi Akito Morito kompaniyani ancha yillar boshqaradi,oʻzi marketing va savdo-sotiq boʻlimlariga boshchilik qilgan,kompaniyani yuqori choʻqqilarga olib chiqqan.

1950 yil "Sony" tranzistorlar muhimligini tan oldi va oʻzining ilk "TR-63"deb nomlangan radiosini ishlab chiqadi,bu kompaniya kelajagida muhim rol oʻynaydi.

1970-1980 yillarda birinchi "walkman"lar ishlab chiqarila boshlanadi.

1983 yil "Sony" "Filips"kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi boʻlib kompakt - disklar ishlab chiqaradi(ing.Compact Disc,CD).

1990 yilda birinchi "mini-diskmenlar"ishlab chiqariladi.

1990 yil "Sony" 500ga yaqin yangi mahsulotlar ishlab chiqaradi,bu kuniga 2 yangi mahsulot kashf etilgan hisoblanadi.

Faoliyati:

2005 yil maʼlumotlariga koʻra korporatsiya ishchilar soni 151 400 kishini tashkil etgan.2007-yil 31 mart dagi maʼlumotlarga koʻra korporatsiya foydasi - 8.3 trilion ien($69.7 mlrd)ni, sof foydasi esa - 126.3 milyard ien ($1.06 milyard)ni tashkil etgan.

Savdo belgilari: thumb|right|200px|Sonyning Ginzadagi binosi, Tokyo Hozirgi kun Sonyning eng taniqli savdo-belgilari:

PlayStation Sony Ericsson Walkman QRIO

Yana qarang Made in Japan

Manbalar

Havolalar Sony Corporation: Global Headquarters Sony Product Technical Support Sony Japan Sony America Sony of Canada Ltd. Sony India Sony South Korea Sony Computer Entertainment (Europe) Sony BMG Sony Ericsson Sony Computer Science Laboratories, Inc. Sony CSL Paris Article on the recent Sony USB Controversies

Turkum:Sony Turkum:Yaponiya shirkatlari