Buxoro viloyati – Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 40,2 ming km2. Aholisi 2 117 200 kishi 2026-yil 1-iyul holatiga koʻra . Buxoro viloyati tarkibida 11 ta tuman (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 68 ta shaharcha (shulardan Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 1473 ta qishloq aholi punktlari bor. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibini asosan oʻzbeklar va ruslar, forslar (eroniylar), turkmanlar, tojiklar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar va boshqalar tashkil etadi. Markazi – Buxoro shahri.

Tarixi Buxoro viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Yil oxiriga kelib uning tarkibiga Surxondaryo okrugi, Beshkent, Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Gʻuzor, Dehqonobod, Kogon, Qamashi, Qorakoʻl, Qarshi, Koson, Konimex, Karmana, Qiziltepa, Kitob, Romitan, Sverdlov, Chiroqchi tumani, Shofirkon, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari va viloyatga qarashli Buxoro, Gʻijduvon, Kogon, Qarshi va Shahrisabz shaharlari qoʻshilgan.

1941-yil 6-martda Surxondaryo okrugi Buxoro viloyati tarkibidan chiqarilib, Surxondaryo viloyatiga aylantirilgan.

1943-yil 20-yanvarda Beshkent, Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Chiroqchin, Shahrisabz, Yakkabogʻ viloyatlari hamda Qarshi va Shahrisabz shaharlari Buxorodan yangi Qashqadaryo viloyati tarkibiga oʻtkazilgan.

1943-yil 13-fevralda Olot tumani tashkil etilgan, 1943-yil 2-avgustda Tomdi tumani Qoraqalpogʻiston ASSR tarkibidan Buxoro viloyatiga oʻtkazilgan.

1950-yil 15-aprelda Peshku, 1952-yil 16-aprelda Galaosiyo tumanlari tuzilgan.

1958-yil 22-sentyabrda Karmana tumani Navoiy deb nomlangan.

1959-yilda Galaosiyo, Peshku (1959-yil 19-mart) va Olot (1959-yil 9-dekabr) tumanlari, 1962-yil dekabrda Kogon, Konimex, Qiziltepa, Sverdlovsk va Shofirkon tumanlari tugatilgan.

1964-yil 31-dekabr Kogon, 1965-yil Konimex, 1967-yil 9-yanvar Sverdlov, 1968-yil Shofirkon, 1970-yil Qiziltepa, 1973-yil Olot, 1972-yil Peshku, 1980-yil 12-mart Navbahor, 1982-yilda – Gazli va Uchquduq tumanlari tashkil etilgan. 1972-yilda Zarafshon, 1978-yilda esa Uchquduq viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan.

1982-yil 20-aprelda Navoiy viloyatiga Buxoro viloyati tarkibidan Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi va Uchquduq tumanlari hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlari kiritilgan.

1984-yilda Gazli tumani tugatilgan.

Tabiati Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin: Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Quljuqtov, Tuzkoy, Jarqoq, Saritosh); Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir); Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar; Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl); Yassi yuzali vohalarda balandligi 5—15 metrli tepalar uchraydi.

Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neft-gaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi, Oyoqogʻitma botigʻi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq; iyulning oʻrtacha harorati 28—32°, qumliklarda 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90—150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai – Amu-Buxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakoʻl, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Aholisi 2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, Buxoro viloyati aholisining soni 2 117,2 kishini tashkil etdi–bu Oʻzbekiston viloyatlari orasida 9-oʻrin (14 tadan).Qishloq aholisi 63,3%, shahar aholisi esa 36,7% ni tashkil etadi.

Hududlar aholisi 2026-yil 1-iyul

Buxoro viloyati 2 117 200 kishi, shahar aholisi 774 700 kishi,qishloq aholisi 1 332 300 kishi

Buxoro shahri 306 200 kishi shahar aholisi 306 200 kishi,65 MFY

Kogon shahri aholisi 66 400 kishi, shahar aholisi 66 400 kishi,22 MFY

Olot tumani aholisi 107 800 kishi, 38 MFY

Buxoro tumani aholisi 186 500 kishi , 36 MFY

Vobkent tumani aholisi 155 100 kishi ,44 MFY

Gʻijduvon tumani aholisi 333 600 kishi ,75 MFY

Kogon tumani aholisi 88 700 kishi ,23 MFY

Qorakoʻl tumani aholisi 177 100 kishi , 50 MFY

Qorovulbozor tumani aholisi 20 700 kishi , 7 MFY

Peshku tumani aholisi 136 400 kishi , 37 MFY

Romitan tumani aholisi 155 900 kishi , 55 MFY

Jondor tumani aholisi 192 700 kishi , 62 MFY

Shofirkon tumani aholisi 190 100 kishi , 50 MFY

Eng koʻp aholiga ega boʻlgan tuman Gʻijduvon tumani,eng kam aholiga ega boʻlgan tuman esa Qorovulbozor tumani Milliy tarkibi Oʻzbekistonning Buxoro viloyati aholisining 2026 yil uchun etnik tarkibi:

Aholi oʻrtacha zichligi 52,7 kishi/km2

Roʻyxatda hududda soni 10.000 kishidan oshgan millatlar keltirilgan o‘zbeklar – 1 959 594 kishi (93,1%) tojiklar – 62,955 ming kishi (3,03%) ruslar – 24,318 ming kishi (1,15%) qozoqlar – 16,243 ming kishi (0,8%) turkman – 12,390 ming kishi (0,6%) boshqa millatlar – 12164 yoki 0,62% Hududiy boʻlinishi thumb|right|350px|Boʻlinishi: Olot (1), Buxoro (2), Vobkent (11), Gʻijduvon (3), Jondor (4), Kogon (5), Qorakoʻl (6), Qorovulbozor (7), Peshkun (8), Romitan (9), Shofirkon (10)

# Tuman nomi Tuman markazi 1 Olot tumani Olot 2 Buxoro tumani Galaosiyo 3 Gʻijduvon tumani Gʻijduvon 4 Jondor tumani Jondor (shaharcha) 5 Kogon tumani Kogon 6 Qorakoʻl tumani Qorakoʻl (shahar) 7 Qorovulbozor tumani Qorovulbozor 8 Peshku tumani Yangibozor 9 Romitan tumani Romitan 10 Shofirkon tumani Shofirkon 11 Vobkent tumani Vobkent Tuman va shaharlar hududi (ming km²)

Buxoro viloyati 40,22

Buxoro shahri 0,07

Kogon shahri 0,02

Olot tumani 3,23

Buxoro tumani 1,32

Vobkent tumani 0,29

Gʻijduvon tumani 3,84

Kogon tumani 0,50

Qorakoʻl tumani 8,69

Qorovulbozor tumani 2,20

Peshku tumani 8,72

Romitan tumani 2,45

Jondor tumani 5,17

Shofirkon tumani 3,72

Eng katta tuman Peshku tumani,eng kichigi esa Vobkent tumani

Sanoati Korxonalar ilgʻor texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash liniyalari, Buxoro, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Vobkent shaharlarida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyatining filiallari Gʻijduvon, Vobkent, Qorakoʻl va Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va Gʻijduvon poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan „Vardanzi“ tikuvchilik qoʻshma korxonasi, „Qorakoʻl“ aksiyadorlik jamiyati qoshida Gretsiya bilan hamkorlikda „Omega-Sitora“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro „Zardoʻz“ aksiyadorlik jamiyati, Gʻijduvon kulolchilik sexi, Gʻijduvon va Shofirkondagi gilam toʻqish fabrikalari, Kogon paxta titish fabrikasi, Romitan toʻqimachilik fabrikasi, tikuvchilik, kashtadoʻzlik, miskarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq gʻisht zavodlari ishlab turibdi. Paxta tayyorlash punktlari, quritish, tozalash sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda. Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yigʻma temirbeton buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan koshinlar ishlab chiqariladigan „Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton zavodi bor. Gazavtomatika ishlab chiqarish birlashmasida qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligi Buxoro viloyati iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik) tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida sugʻoriladigan yerlar (tomorqa yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, choʻl yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajoʻxori 857 ga, donli ekinlar 81,2 ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga, sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoshka 2967 ga, yem-xashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan, beda 7,1 ming ga, bogʻlar 18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat uyushmasi va jamoa xoʻjaligi, 4162 fermer xoʻjaligi, 41 xoʻjaliklararo korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud (2001), Chorvachilik Buxoro viloyatining rivojlangan tarmogʻi boʻlib, qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qorakoʻllari mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xoʻjaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750 ming qoʻy, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta oʻrmonchilik xoʻjaligi boʻlib, asosiy oʻsimliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorakoʻl oʻrmon xoʻjaligida esa dorivor oʻsimliklar ham yetishtiriladi.

Transporti Buxoro viloyatidan magistral temiryoʻli oʻtgan. Eng katta temiryoʻl stansiyasi – Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yoʻllari: Buxoro-Toshkent, Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjoʻy) va Buxoro-Termiz yoʻnalishlari. Aeroport bor.

Taʼlimi