Štětí – () Chexiyaning Ústí nad Labem mintaqasida joylashgan shaharcha. 8600 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. U Elba daryosi yon bagʻrida joylashgan. Bu mamlakatdagi eng yirik qogʻoz fabrikasi bilan mashhur sanoat shaharchasi.
Mamuriy qismlari Brocno, Čakovice, Chcebuz, Xněvice, Počeplice, Raduň, Stračí, Újezd va Veseli qishloqlari Štětíning maʼmuriy qismi hisoblanadi.
Joylashuvi Štětí – Litoměřicedan taxminan janubiy-sharqida va Pragadan shimolda. Quyi Ohre past tekisligi va Ralsko togʻlari yon bagʻrida joylashgan. Eng baland joyi dengiz sathidan – balandlikdagi Ujezdsky Shpičák togʻi. Shaharcha Elba daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharcha hududining sharqiy qismi Kokorinsko-Machův qoʻriqxonasi hududida joylashgan.
Iqtisodiyoti thumb|Qogʻoz fabrikasi Štětí – sanoat markazi sifatida tanilgan. Shaharchada Chexiya Respublikasining eng yirik qogʻoz fabrikasi joylashgan.
Transporti Shaharcha hududida Ústí nad Labemdan Kolinga va Ústí nad Labemga boradigan temir yoʻl liniyalari joylashgan.
Diqqatga sazovor joylari thumb| Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi Eng mashhur diqqatga sazovor joyi – Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi. Dastlab u 14-asrda qurilgan, lekin 1784-yilda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan va 1785-yilda qayta tiklangan.
Avliyo Butrus va Pavlus cherkovi Chcebuzning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. U 1781—1784-yillarda barokko uslubida qurilgan.
Mashhur odamlari
Frants Reyxelt (1878-1912) avstriyalik tikuvchi va ixtirochi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Chexiya shaharlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Chexiya respublikasi aholi punktlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar