Xorvatiya televideniyesi — 1956-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Xorvatiyada birinchi televizion signal Philips oʻzining televizor tizimini birinchi marotaba ommaga namoyish qilgan 1939-yilgi Zagreb yarmarkasida uzatilgan. Dastlabki muntazam eshittirishlar 1956-yilda, Yugoslaviya radio televideniye tizimidagi birinchi telestansiya Zagreb televideniyesi tashkil etilgach, boshlangan. Rangli eshittirishlarni 1972-yildan efirga uzatish boshlangan. Qamrov va kanallar soni barqaror ravishda oʻsib borib, 2000-yillarda Xorvatiyada toʻrtta kanal faoliyat yuritgan. DVB-T signallarini uzatish 2002-yilda boshlanib, 2010-yilda raqamli almashinuv toʻliq yakunlangan. Oʻsha davrda IPTV, kabel televideniye va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi bozorlari sezilarli darajada oʻsgan. 2011-yilga kelib aholining atigi 60.7 foizi faqat DVB-T televizoridan foydalangan boʻlib, qolganlari IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesidan foydalangan.

IPTV, kabel va sunʼiy yoʻldosh televideniyesi

2009 va 2010-yillar oraligʻida IPTVga ulangan aholi soni 23%  ga oʻsib, qariyb 300 000 tani tashkil etgan. IPTVdan foydalangan davlatlar qatorida Xorvatiya beshinchi oʻrinni egallab, Singapur, Gonkong, Kipr va Estoniyadan keyingi oʻrinda turadi. 2011-yilning uchinchi choragida ularning soni yanada ortib, jami 349 138 kishini tashkil etgan. Bu Xorvatiya aholisining 23.6%  ini tashkil qiladi.alt=Light-colored satellite dishes on the HRT building in Zagreb|right|thumb|Zagrebdagi HRT binosida joylashgan sunʼiy yoʻldosh antennalari Televideniyedan asosiy axborot manbai sifatida foydalanadigan aholi qatlami: Geografik mintaqaAholi ulushiSlavoniya79%Lika, Kordun, Banovina63%Shimoliy Xorvatiya61%Shimoliy Xorvatiya qirgʻoqlari59%Dalmatiya47%Zagreb va uning atrofidagi hududlar43%Oʻrtacha57%

Eski kanallar TVI – Pazin

K5 – Split

Manbalar

Turkum:Ommaviy axborot vositalari Turkum:Xorvatiya televideniyesi Turkum:Mamlakatlar boʻyicha telekanallar roʻyxati Turkum:Mamlakatlar boʻyicha televideniye