Notiq Qosimov (1971-yil 2-yanvar, Kichik Garamurod, Gadabay tumani – 1992-yil mart, Pirlar, Xoʻjali tumani) – Birinchi Qorabogʻ jangchisi, bedarak yoʻqolgan, Ozarbayjon Milliy Qahramoni (2024).

Hayoti Qosimov Notiq Salim oʻgʻli 1971-yil 2-yanvarda Gadabay tumani Kichik Garamurod qishlogʻida tugʻilgan. 1975-yili esa ular bir oila boʻlib Mingechaurga koʻchib ketishadi. Notiq shu yerda sakkiz yillik maktabni tamomlagach, kasb-hunar bilim yurtida payvandlash boʻyicha tahsil oladi. 1991-yilda Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatidagi ichki qoʻshin boʻlinmalarida harbiy xizmatni oʻtab, Ozarbayjonga qaytib keladi va ayni shu yili oʻz ixtiyori bilan frontga ketadi.

1992-yilda Xoʻjalining Pirlar qishlogʻidagi cherkovda asir olingan.

2024-yil 25-iyun kuni vafotidan keyin unga „Ozarbayjon Milliy Qahramoni“ unvoni berilgan.

Keyingi taqdiri 2019-yilda Turkiyadagi Ozarbayjonlar tomonidan arman lobbisiga qarshi axborot kurashi maqsadida tashkil etilgan „ASASmedya“ nashri Notiq Qosimovning omon qolgani va uning Armanistondagi kimyo zavodlaridan birida ishlaganligi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Shu bilan birga, Notiq Qosimov haqida xabar bergan kishiga 1000 dollar, uni Rossiya, Eron, Gruziya va Turkiyadan topshiradigan kishiga esa 10 000 dollar mukofot berilishiga vaʼda qildi.

Asirga olingan va bedarak yoʻqolgan fuqarolar boʻyicha Davlat Komissiyasi maʼlumotiga koʻra, armanlar tomonidan asirga va garovga olingani rad etilgan shaxslar roʻyxatiga Notiq Qosimovning ismi ham kiritilgan. Davlat komissiyasining qayta-qayta qilayotgan murojaatlariga qaramay, armanlar tomoni Notiqning keyingi taqdirini Ozarbayjon va xalqaro tashkilotlardan yashirib kelmoqda.

Buyuk Britaniyaning „Broken Pot Media“ kompaniyasi tomonidan „Oʻgʻil“ nomli hujjatli film suratga olingan. Ushbu filmda Birinchi Qorabogʻ urushida qatnashgan „general“ Vitaliy Balasanyaning ham intervyusi ssenariyga kiritilgan. U mahbusning tanish ekanligini, lekin Notiq Qosimovni eslay olmayotganini aytgan:Men haqiqatan ham ismini eslay olmayman. Biroq, asirimiz sifatida roʻyxatdan oʻtgan odamning keyinchalik yoʻqolib qolishi mumkin emas. Menda bunday maʼlumot yoʻqdir.Vitaliy Balasanyan hujjatli film rejissyori bilan suhbat chogʻida Notiq Qosimovni tanimasligini aytsa ham, ammo isteʼfodagi polkovnik-leytenant Romik Mxitaryan esa Notiqni soʻroq qilgan yosh arman zobiti Vitaliy Balasanyan ekanligini aytdi. Notiq Qosimov arman zobitlari tomonidan soʻroq qilinganida italiyalik urush fotografi Enriko Sarsini ham oʻsha yerda boʻlgan. Filmda fotograf bilan suhbat ham oʻrin olgan. Film muallifining qayd etishicha, Notiqni soʻroq qilishda oliy davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan „general“ Vitaliy Balasanyan shaxsan oʻzi ishtirok etgan. 1992-yilda Balasanyan Askaronning bosib olinishini nazorat qilardi

Janglardagi ishtiroki

U Agʻdamda Yoqub Rizayev boshchiligidagi „Qorabogʻ lochinlari“ boʻlinmasida armanlarga qarshi kurashgan, 1992-yil boshlarida esa uyiga qaytgan.

1992-yilda Xoʻjalining Xramort (hozirgi Pirlar) qishlogʻi yaqinida yetti Ozarbayjon askari alban cherkovi joylashgan tepalik uchun jang qilganlar. Jang paytida olti nafar safdoshi halok boʻlgan Notiq oʻta qulay strategik holatda joylashgan alban cherkovida jangini davom ettiradi. Yolgʻiz oʻzi 5 kun kecha-yu kunduz jang qilib, dushmanlarni bu postga yaqinlashtirmaydi.

Xoʻjalidan koʻchirib yuborilgan til va adabiyot oʻqituvchisi Jafarov Jafarning shunday gaplar aytadi:.

Bizni, yaʼni xoʻjalilik boʻlgan 22 nafar kishini qoʻlga olib, Askaronga olib kelishdi. U yerda bir necha kun turgandan keyin, bir kuni ertalab bizni qatorga qoʻyishdi. Arman ofitser menga yaqinlashib, „Seni Grigoriyan cherkoviga olib ketyapman, cherkov ichida jangchilar bor“,- dedi. Ular bizga qarshilik qiladilar. Sen cherkovga kirib, ularga taslim boʻlishini aytasan. Agar ular taslim boʻlmasa, biz sizni va Xoʻjalining 22 nafar tinch aholisini otib tashlaymiz. Agar ular taslim boʻlishsa, biz sizni ozod qilamiz. Ular meni Grigoriyan cherkoviga olib borishdi. Ular cherkovda mashinani toʻxtatib, meni tushirib, cherkovga kirishimni buyurdilar. Cherkovga kirganimda u yerdan ovoz keldi. Men tezda ozarbayjonlik ekanligimni, agar u taslim boʻlmasa, Xoʻjalining 22 nafar kishisini oʻldirishlarini aytdim. U yolgʻiz qolganini, besh kundan beri och, suvsiz bir oʻzi kurashayotganini aytdi. Uning rangi hissiyotdan qop-qora boʻldi. Men unga armanlarning fikrini aytdim. U bir zum oʻylanib qoldi. Keyin cherkov tepasidan Ozarbayjon bayrogʻini olib tashladi. Uning ikkita oʻqi bor edi, ikkitasini ham havoga qarab otdi va cherkovni tark etdi. U Xoʻjalilarni oʻqqa tutishlariga rozi boʻlmadi. Ozarbayjon bayrogʻini koʻksiga bosdi va armanlarga hujumga oʻtdi.

Suratga olingan filmlar

Notiq Qosimov Ushbu film Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida suratga olingan. Film rejissyori va ssenariy muallifi Elchin Musaoʻgʻli, operatori Rauf Qurbonaliyev, ijrochi prodyuseri Emil Ibrohimov, prodyuseri Mushfiq Hatamovdir. Hujjatli film Jafar Jabbarli nomidagi „Ozarbayjonfilm“ kinostudiyasida suratga olingan.

Oʻgʻil Film 1992-yilda Togʻli Qorabogʻ mojarosi vaqtida bedarak yoʻqolgan harbiy asir Notiq Qosimovni qidirish haqida hikoya qiladi. Filmning operatori Saymon Stenforddir. 2021-yilda suratga olingan 46 daqiqalik filmda faktni tiklash uchun ozarbayjonlik aktyorlarning ijrolaridan iborat rollaridan ham foydalanilgan. Filmning taqdimoti 28-fevral kuni Nizomiy Kino Markazida boʻlib oʻtdi. Taqdimotda ijodiy jamoa bilan birga Notiq Qosimovning oilasi ham ishtirok etdi. „Qafqazinfo“ xabariga koʻra, film Buyuk Britaniyaning „Broken Pot Media“ kompaniyasi tomonidan suratga olingan boʻlib, uning rejissyori va ssenariy muallifi Karan Singx uch yil mobaynida Armaniston, Ozarbayjon, Italiya, Buyuk Britaniya va Rossiyadagi guvohlar bilan suhbatlashgan.

Manbalar

Turkum:1992-yilda vafot etganlar