Nishat bogʻi – Hindistonning Jammu va Kashmir ittifoqidagi Srinagar yaqinida, Dal koʻlining sharqiy tomonida qurilgan terasli Boburiylar bogʻi. Bu Kashmir vodiysidagi ikkinchi yirik Boburiy bogʻi. Nishat bogʻi Dal koʻli boʻyida joylashgan. „Nishat bogʻi“ soʻzi urducha boʻlib, „hursandchilik bogʻi“, „hurmat bogʻi“ degan maʼnoni anglatadi.
Tarixi thumb| Nishat Bogʻi thumb| Nishat bogʻida quyosh botishi Dal koʻli qirgʻogʻida joylashgan, Zabarvon togʻlari koʻrinib turadigan hududda joylashgan Nishat bogʻi Pir Panjal togʻ tizmasi ostidagi koʻl manzarasiga ega bogʻdir. Bogʻ 1633-yilda Nurjahon begimning katta akasi Osif Xon tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan.
Latifalarning birida, imperator Shoh Jahonning bunday ajoyib bogʻni koʻrib, unga hasad qilgani, bu esa bogʻga ancha vaqtgacha qayta tashrif buyurmaganligi, haqida hikoya qilinadi.
1633-yilda qurib bitkazilganidan soʻng, Shoh Jahon bogʻni koʻrib, uning ulugʻvorligi va goʻzalligiga yuksak baho bergan. Taxminlarga koʻra, qaynotasi Osifxon unga bogʻni sovgʻa qilishidan umid qilgan. Biroq, Osifxondan bunday taklif tushmagach Shoh Jahon bogʻning suv taʼminotini toʻxtatishga buyruq bergan. Keyinchalik bogʻ bir qancha muddat huvillab qoldi. Osifxon kimsasiz bogʻda yolgʻiz sayr qilgan. U daraxt soyasida, ayvonlardan birida dam olayotganda, xizmatkori xabar topgach, Sholimar bogʻidan keladigan suv manbasini yoqqib qoʻygan. Osifxon suv va favvoralarning shovqinini eshitgach, darhol suv taʼminotini uzib qoʻyishni buyurgan. Chunki u imperatorning holat sababli gʻazablanishidan qoʻrqqan. Xizmatkor va xon baxtiga bogʻdagi bu voqeani eshitgan Shoh Jahon uning buyrugʻiga boʻysunmaganidan bezovta boʻlmagan. Buning oʻrniga u xizmatkorning xoʻjayiniga sodiq xizmatini maʼqullagan. Shundan soʻng, qaynotasi Osif Xonga bogʻni suv bilan taʼminlash huquqini bergan.
Bogʻda Boburiylar imperatori Olamgir II ning qizi va imperator Jahondarshohning nabirasi Zuhra Begim dafn etilgan.
Qurilish rejasi Nishat bogʻning rejasi Fors bogʻlarining kontseptual modeliga asoslangan boʻlib, Kashmir vodiysida tanlangan joyning topografik va suv manbalari sharoitlariga mos ravishda qayta qurilgan. Bogʻ tarxi uchun, sharq-gʻarbiy uzunligi boʻlgan toʻrtburchaklar sxemasi va kengligi qabul qilingan.
Arxitekturasi Nishat bogʻida chinor va sarv daraxtlari bilan qoplangan keng kaskadli ayvonlar bor, ular koʻl qirgʻogʻidan boshlanib, tepalikdagi sunʼiy fasadgacha boʻlgan hududda ekilgan. Dal koʻlining chetidan koʻtarilib, oʻn ikkita Zodiak belgilarini ifodalovchi oʻn ikkita 12 terasa bunyod etilgan. Biroq, u faqat ikkita boʻlimga ega, yaʼni jamoat bogʻi va Shalimar Bogʻning toʻrt qismiga nisbatan Zanana yoki haram uchun shaxsiy bogʻ. Ulardan farq ikkinchi bogʻning Boburiy imperatoriga, Nishod bogʻ esa uning saroyidagi bir zodagonga tegishli boʻlgani bilan bogʻliq. Biroq, Shalimar bogʻi bilan baʼzi oʻxshashliklar mavjud, masalan, sayqallangan tosh kanali va terassalari. Ikki bogʻning suv manbai bir xil. Sharq-gʻarbiy yoʻnalishda qurilgan yuqori terassada Zenana bogʻi barpo etilgan, pastki terassa esa Dal koʻliga ulangan. Gopi chanqogʻi deb nomlangan buloq bogʻlarni toza suv bilan taʼminlaydi. Bogʻ yaqinida bir nechta eski Boburiylar davriga oid binolari mavjud.
Bogʻning yuqori qismidan oʻtadigan markaziy kanalning kengligi , suv chuqurligi ni tashkil etadi. Suv yuqoridan yoʻl sathidagi birinchi terassaga birinchi kaskadda oqib tushadi. Barcha terassalarda suv kanali boʻylab hovuzli favvoralar bunyoq etilgan. Kanallarni kesib oʻtish joylarida skameykalar mavjud.
Oʻn ikkita terassa thumb| Nishat bogʻidagi ayvonlarda qurilgan favvoralar Barcha terrassalar orasida ikkinchi terassa boshqalaridan tuzilishiga koʻra ajralib turadi. Ikkinchi terassa shuningdek, koʻplab fors nilufarlari va pansies gullasi hamda kaskad suvining koʻpirib oqishi sababli ham ancha goʻzal manzara hosil qiladi. Nishat bogʻidagi yana bir qiziqarli xususiyat – deyarli har bir sharsharaning boshiga oʻrnatilgan koʻplab toshlar va marmar taxtlar hisoblanadi.
Yana qarang
Hind-islom arxitekturasi Shalimar bogʻi (Srinagar) Hazratbal Manbalar
Havolalar
Peabodi Esseks muzeyidagi Phillips kutubxonasining Gerbert Offen tadqiqot toʻplami
Archnet-da Nishat Bagh 2019 yil noyabr, faol sayt
Kashmir turizmi, Dal Leyk 2019-yil noyabr, faol sayt
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Hindistondagi Boburiy bogʻlari Turkum:Jammu va Kashmirdagi bogʻlar Turkum:Boburiylarning ayvonli bogʻlari Turkum:Boburiylar madaniyati