Bobur — 1990-yilgi Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslangan, rejissyor Maqsud Yunusov tomonidan suratga olingan oʻzbek tarixiy seriali.

Tarixi Rejissyor Maqsud Yunusov Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romaniga asoslanib, romandagi davriy ketma-ketlikning buzilishi, muhim faktologik voqealar tushib qolmasligi, dialog va monologlariga keskin oʻzgartirish kiritmagan holda inssenirovka qilib ssenariy yozadi. Maqsud Yunusov filmning epizodlaridan birini suratga olib, yozuvchi Pirimqul Qodirovga ko‘rsatadi. Pirimqul Qodirov esa rejissyorning mehnatini qadrlab, qimmatli maslahatlarini ayamasdan unga yordam beradi.

Maqsud Yunusov filmda suratga tushish uchun Oʻzbekistonning barcha shahar va viloyatlaridan aktyorlar qidirgan. U nafaqat bosh rollarni, balki filmdagi har bir rolga teatr aktyorlarini taklif qilib, suratga olish ishlarini boshlagan. Serialni suratga olish ishlari 1984-yilda boshlangan boʻlib, lekin jaroyon baʼzi sabablarga koʻra bir muddat toʻxtab qoladi. 1990-yilda hali Oʻzbekiston mustaqillikka erishmagan chogʻida serial namoyish etiladi. Serial 10 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi tahminan 1 soat-u 20 daqiqa atrofida davom etadi.

Rollarda Bundan tashqari filmdagi ommaviy sahnalarda Samarqand viloyat teatrlari, Toshkent davlat sanʼat oliygohi talabalari va Tayyorsozlar madaniyat saroyining drama toʻgaragi aʼzolari ishtirok etishgan.

Film musiqasi Filmda qoʻshiqlarni Rifatilla Qosimov va Maʼmurjon Toʻxtasinovlar ijro etishgan hamda bastakor Oʻlmas Rasulov musiqalaridan foydalanilgan. Maʼmurjon Toʻxtasinovning Bobur gʻazaliga bastalangan „Yaxshilik“ qoʻshigʻi va boshqa qoʻshilar filmning avvalida kadr ortida qoʻyilgan. Raqslarni Yulduz Ismatova sahnalashtirgan boʻlib, S.Seitova, Z.Safarova kabi raqqosalar ijro etishgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Tarixiy filmlar Turkum:Oʻzbekiston tarixiy filmlari Turkum:1990-yil filmlari __INDEKS__ Turkum:Seriallar Turkum:Oʻzbekiston seriallari Turkum:Maqsud Yunusov filmlari