Martin Lutir King III (1957-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – amerikalik insonlar huquqlarini himoya qiluvchi ijtimoiy faollaridan biri, xayriyachi va advokat. Fuqarolik huquqlari yetakchi rahbarlari Martin Luther King Jr. va Coretta Scott Kingning katta oʻgʻli, 1997-yildan 2004-yilgacha Janubiy Xristian liderlik konferentsiyasining toʻrtinchi prezidenti boʻlib xizmat qilgan. 2024-yil holatiga koʻra, Virginia universitetida amaliyot professori boʻlib faoliyat yuritadi.

Hayoti Martin Luther King III 1957-yilning 23-oktyabr sanasida Alabama shtatining Montgomery shahridagi Sent-Jud shifoxonasida dunyoga kelgan. Martinning onasi farzandiga oʻz otasini ismini qoʻyishga ikkilangan, sababi bu ism farzandiga kelajakda yuk boʻlishi ham mumkin edi, ammo King Jr oʻgʻliga Martin Luther III deb ism berishni xohlagan. Martin Luther tugʻilgan vaqtda uning otasi Janubiy Xristian liderlar konferensiyasida boʻlgan va konfrensiya aʼzolariga oʻgʻillik boʻlganligini eʼlon qilganManheimer, p. 46.. Martinning tugʻilishi onasining sanʼatdan uzoqlashishiga sabab boʻlgan va uning onasi vaqtini ogʻli va katta singlisi Yolandaga gʻamxoʻrlik qilish uchun sarflaganBagley, p. 148..

Manbalar

Turkum:Afro-Amerika fuqarolik huquqlari faollari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar