Kiyomiddin Muftaydinov (1953-yil 5-mart, Asaka tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor (2004). Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori .

Tarjimai holi Kiyomiddin Muftaydinov 1953-yil 5-mart kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan. 1975-yilda Jizzax qishloq xoʻjaligi texnikumini, 1979-yilda esa Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. 1984-yilda esa Leningrad davlat universiteti aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. 1972-1974 yillarda SSSRning Tinch okeani flotida dengiz piyodasi serjanti sifatida harbiy xizmatni oʻtagan. Mutaxassisligi boʻyicha buxgalter-iqtisodchi.

Mehnat faoliyati

Kiyomiddin Muftaydinov ilk mehnat faoliyatini 1979-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali siyosiy iqtisod kafedrasi assistentligidan boshlagan. Turli yillarda, jumladan 1985-1988-yillarda Andijon viloyati partiya qoʻmitasi maʼruzachilar guruhi aʼzosi, qishloq xoʻjaligi va oziq – ovqat sanoati boʻlimi boshliq muovini, 1988-1990-yillarda Andijon viloyati Marhamat tumani partiya qoʻmitasi 2 – kotibi, 1990-1991-yillarda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi ishlari boshqaruvchisi, 1991-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, boshqaruv fakulteti decani, 1995-2011-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektori, 2011-2019-yillarda Andijon mashinasozlik instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, 2019-2021 yillarda Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori vazifasida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyati

1984-yil 24-oktyabrida Sankt-Peterburg davlat universitetida „Agrosanoat majmuasining birlamchi boʻgʻinida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kontsentratsiyasi“ („Spesializatsiya i konsentratsiya proizvodstva v pervichnom zvene APK“)" mavzusi boʻyicha 08.00.01- „Iqtisodiy nazariya“ ixtisosligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004-yil 27-aprelida esa Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida „Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari“ mavzusida 08.00.01- „Iqtisodiy nazariya“ ixtisosligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan .

„Iqtisodiyot nazariyasi“, „Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi“ fanidan maʼruzalar oʻqiydi. 2 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Oilasi

Ikki nafar oʻgʻil va bir nafar qiz farzandlari bor. Farzandlarining barchasi ilm yoʻlidan ketgan. Xususan, oʻgʻli Muftaydinov Mansur Kiyomidinnovich iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Qizi Rejapova (Muftaydinova) Shahnoza Kiyomidinnovna Andijon tibbiyot instituti akusher-ginekologiya kafedrasi assistenti, Muftaydinov Bobir Kiyomidinnovich Andijon mashinasozlik instituti doktoranti.

Manbalar

Turkum:Andijon Turkum:Andijon viloyati Turkum:Asaka tumani Turkum:Asaka tumanida tugʻilganlar Turkum:Andijon mashinasozlik instituti Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fan arboblari Turkum:Arboblar