Mario Rene Junior Lemina (; 1993-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) – gabonlik professional futbolchi, yarim himoyachi. „Wolverhampton“ klubi va Gabon terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Dastlab Fransiyaning „Lorient“ va „Marsel“ jamoalarida oʻynagan. 2015-yilda Italiyaning Juventus jamoasi safiga qoʻshilgan. Juventus tarkibida har ikkala mavsumda ham Serie A va Italiya kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2017-yilgi UEFA chempionlar ligasi finalida maydonga tushgan. 2017-yilda Angliyaning Sautgempton klubiga oʻtgan. 2019-yilda Turkiyaning Galatasaray klubiga ijaraga berilgan. Keyinchalik, Angliyaning Fulham klubiga ijaraga berilgan. 2021-yilda esa Fransiyaning Nice klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilning yanvarida Wolverhampton bilan shartnoma imzolagan.

Lemina yoshligida Fransiya terma jamoasi tarkibida musobaqalarda qatnashgan. Kattalar oʻrtasida esa Gabon terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 2017- va 2021-yilgi Afrika millatlar kubogida Gabon terma jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etgan.

Ukasi Noha Lemina ham hozirda "Wolverhampton" klubi futbolchisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati Lemina faoliyatini 7 yoshida Fransiyaning ES Nanterre nomli klubida boshlagan. 15 yoshida Lorient yoshlar akademiyasi bilan shartnoma imzolagan. 2012—2013-yilgi mavsumda Lorient klubida asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Ushbu klub safida bir mavsum davomida harakat qilgan.

Marsel left|thumb| Lemina 2013-yilda Marsel klubi safida Keyingi mavsumda Marsel Leminani 4 million yevro evaziga sotib olgan. 2013—2014-yilgi mavsumda bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinda asosiy tarkibda maaydonga tushgan. 2014—2015-yilgi mavsumda murabbiy Marcelo Bielsa unga koʻp imkon bera boshlagan. Shu mavsumda 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va jamoaning ligada toʻrtinchi oʻrinni egallashiga oʻz hissasini qoʻshgan. 2015-yil fevralida Lemina Liga 1 doirasidagi „Renn“ ga qarshi oʻyinda (1:1) Ola Toivonenga nisbatan qoʻpol harakati uchun maydondan chetlatilgan.

Juventus 2015-yilning yozida Lemina bir nechta klublar, jumladan, Premer-liga klublari Liverpul, Sautgempton va West Ham Uniited eʼtiborini torta boshlagan. 31-avgust kuni, transfer oynasining soʻnggi kunida, Yuventus Leminani 2015—2016-yilgi mavsum oxirida 9,5 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan 500 000 evroga ijaraga olganini eʼlon qilgan. 2015-yilning 26-sentyabrida Juventusdagi birinchi golini Napoli darvozasiga kiritgan. Uchrashuv 2:1 hisobida Napoli klubi foydasiga hal boʻlgan.

2016-yil 29-aprelda Lemina Juventus bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. 21-may kuni Lemina Italiya kubogi finalida maydonga tushgan. Juventus qoʻshimcha vaqtdan soʻng Milanni 1:0 hisobida magʻlub etgan va ketma-ket ikkinchi mavsumda Italiya kubogini qoʻlga kiritgan.

Southampton thumb| Lemina Southampton klubi safida (2018-yil) 2017-yil 8-avgustda Lemina 15,4 million funt sterling evaziga Southampton klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va klub tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan. 20-avgust kuni Southampton safida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda klub „West Ham United“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan. Mario 3-fevral kuni „Sautgempton“ safida raqib darvozasiga ilk marta toʻp kiritgan va West Bromwich ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan.

Galatasaray 2019—2020-yilgi mavsumni Lemina ijara asosida Galatasaray klubi safida oʻtkazgan.

Fulham 2020-yil 30-avgustda Lemina sotib olish imkoniyati bilan Fulhamgaijaraga berilgan. Klubdagi debyutini 2020-yil 16-sentabr kuni Angliya liga kubogining 2-raundida Ipswich Townga qarshi bahsda oʻtkazgan va bu oʻyinda „Fulham“ 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2021-yilning 7-martida Lemina „Fulham“ safida oʻzining birinchi golini urgan va bu gol Liverpul ustidan mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozonilishiga sabab boʻlgan.

Nice 2021-yilning 24-iyulida Lemina „Nice“ klubi futbolchisiga aylangan.

Wolverhampton thumb|331x331px| Lemina „Wolverhampton“ safida (2024-yil, mart) 2023-yilning 13-yanvarida Wolverhampton bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. 2023-yilning 14-yanvarida Premyer-liga doirasidagi „West Ham“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Mazkur oʻyinda „boʻrilar“ 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Mario Lemina 2023-yilning 22-yanvarida „Wolverhampton“ safarda 3:0 hisobida Manchester Cityga magʻlub boʻlgan va 4-fevralda oʻz maydonida Liverpool 3:0 hisobida magʻlub etilgan bahslarda maydonda 90 daqiqa harakat qilgan.

11-fevral kuni sobiq jamoasi „Southampton“ga qarshi bahsda ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan. Wolverhampton 10 kishi boʻlib bir soatdan koʻproq oʻynaganiga qaramay, oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan.

2023-yil 8-oktabr kuni Premyer-ligada Aston Villaga qarshi oʻyinda faoliyatida ikkinchi marta maydondan chetlatilgan. Diskvalifikatsiya muddatini oʻtab boʻlganidan soʻng, 2023-yil 28-oktabr kuni Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda (2:2) raqib darvozasiga toʻp kiritgan. 11-noyabr va 24-dekabrda Tottenham va Chelsea, 27-dekabrda esa Brentford klubari darvozalariga toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan.

2024-yil 28-fevralda Brighton & Hove Albionga qarshi (1:0) oʻyinda Angliya kubogidagi ilk golini kiritgan.

2024-yil 11-may kuni „Boʻrilar“ning Crystal Palacega qarshi oʻyinidan soʻng Lemina muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Manbalar

Havolalar

Profile at the Wolverhampton Wanderers F. C. website

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gabonlik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:FC Lorient futbolchilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:OGC Nice futbolchilari Turkum:Southampton F.C. futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar