Baxtiyor Boyjonovich Davlatov (; 1969-yil 2-may, Yangiyer – 2013-yil 20-avgust) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, Muborakning Mash’al, Qarshining Nasaf va „Yangiyer“ jamoalarida oʻynagan. Maydonda hujumchi pozitsiyasida harakat qilgan.
Futbolchilik faoliyati Baxtiyor professional futbolchilik faoliyatini 1986-yil Qoraqalpogʻistonda, Toʻrtkoʻlning „Selnik“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1989-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Sverdlovets jamoasi tarkibida oʻtkazgan mavsumidan soʻng Qoraqalpogʻistonga qaytgan va Orol va Selnik jamoalarida oʻynagan.
Sovet ittifoqi qulagach mustaqil Oʻzbekistonning birinchi chempionatini Yangiyer jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Baxtiyor „Yangiyer“ klubi tarkibida 1992-yildan 1996-yilga qadar toʻp surgan. 1993-yilda yarim mavsum Orol Nukus jamoasi tarkibida ijara asosida oʻynagan. Keyinchalik faoliyati davomida Namanganning „Kosonsoy“, Qarshining „Nasaf“, Bekobodning „Metallurg“ va Muborakning „Mash’al“ jamoalarida oʻynagan. Bir muddat „Yangiyer“ jamoasi tarkibiga qaytgan.
Baxtiyor Oʻzbekiston Superligasiga nisbatan Oʻzbekiston Pro ligasida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etgan va ikki liganing (Yangiyer va Mash’al) eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2004-yilda „Mash’al“ jamoasidagi faoliyatidan soʻng professional faoliyatini yakunlagan.
Futboldan keyingi faoliyati Futbolchilik faoliyati yakunlaganida soʻng Yangiyerda va Muborakda bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yilda 44 yoshida vafot etgan. Vafotidan soʻng uning xotirasiga „Baxtiyor Davlatov xotira turniri“ tashkil etilgan. Har yili 24-aprel va 5-may oraligʻida oʻsmir yosh futbolchilar oʻrtasida turnir oʻtkaziladi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Pro ligasi toʻpurari: 1998 (39 ta gol), 2000 (35 ta gol)
Manbalar
Havolalar
Baxtiyor Davlatov Footballfactsru saytida
Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:2-mayda tugʻilganlar Turkum:Yangiyerda tugʻilganlar Turkum:2013-yilda vafot etganlar Turkum:20-avgustda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:To‘rtko‘lchi klubi futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar