Abdulaziz ibn Idris ibn Hasan ibn Abu Numay () – 1632-yilda amakivachchasi Namiy ibn Abdulmuttalib bilan hamkorlikda uch oy Makka hukmdori boʻlgan.

Namiy 1632-yil 17-mart chorshanba kuni (hijriy 1041-yil shaʼbon oyining 25-kuni) Makkani qoʻlga kiritgach, Abdulazizni oʻziga sherik qilib tayinlagan. Abdulaziz amirlikning toʻrtdan bir qismini olish huquqiga ega boʻlgan.

Abdulaziz 1632-yil 22-iyun seshanba kuni (Zulhijja oyining 4-kuni) Namiy bilan Makkadan qochib ketgan. Ular Turbo qal’asiga ketayotganlarida guruhdan ajralib, Yanbuga yoʻl olishgan.

Abdulaziz ibn Idris1652–1653-yillarda (hijriy 1063) Misrda vabo kasalligidan vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Makka shariflari