Oʻrtogʻim – Oʻzbekistonlik pop qoʻshiqchisi Nasafiy va repper Shaka tomonidan chiqarilgan qoʻshiq boʻlib, 2023-yil 22-iyul kuni RizaNova leybli ostida taqdim etilgan.

Chiqarilishi Qoʻshiq matni Aziziddin Akmalov (Nasafiy) tomonidan yozilgan. U 2023-yil 22-iyulda RizaNova leybli orqali raqamli yuklab olish uchun chiqarilgan. „Oʻrtogʻim“ treki Apple Musicning 2023-yil 31-iyulda taqdim etilgan „TOP iyul RizaNova 2023“ nomli albomiga oʻninchi singl sifatida kiritilgan. 2023-yil 3-oktyabrda esa Nasafiyning YouTube kanalida qoʻshiq uchun suratga olingan videoklip premyera qilingan. Klip 2024-yil iyul oyi holatiga koʻra 8 million martadan koʻproq tomosha qilingan.

Manbalar

Havolalar „Oʻrtogʻim“ Yandex Musicda „Oʻrtogʻim“ Spotifyda „Oʻrtogʻim“ Apple Musicda

Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2023-yil qoʻshiqlari Turkum:Nasafiy qoʻshiqlari Turkum:Shaka qoʻshiqlari