Sergey Serafimovich Lobov (; 1957-yil 9-yanvar, Kandalaksha, Murmansk viloyati, SSSR) – sovet va rus futbolchisi, himoyachi, murabbiy.
Biografiya 1975-yildan professiona futbol oʻynay boshlagan. Faoliyatidagi dastlabki jamoasi Leningradning Zenit jamoasi boʻlgan. Sergey asosiy jamoadagi debyutini 1977-yil 24-sentyabrda, Moskvaning „Dinamo“ klubiga qarshi uy uchrashuvida oʻtkazgan va 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Sergey klub safida 1977-yilda 4 ta, 1978-yilda esa bitta oʻyin oʻtkazgan.
1979—1985-yillarda u „Dinamo Leningrad“ (1979—1980), Shinnik Yaroslavl (1980—1981), „Stroitel Cherepovets“ (1981), „Zvezda Jizzax“ (1982—1983), „Geolog“ (1983), „Spartak“ Tambov (1985) jamoalarida quyi ligada oʻynagan.
Keyinchalik Sergey Leningrad viloyati chempionatida ishtirok etgan Gatchinaning „Burevestnik“ jamoasida oʻynovchi murabbiy va futbol murabbiy boʻlganYubiley – 11 Yanvarya 2012 – Federatsiya futbola Gatchinskogo munitsipalnogo rayona.
1993—1995-yillarda FC Gatchina tarkibida ikkinchi va uchinchi ligalarda oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:9-yanvarda tugʻilganlar Turkum:FC Tyumen futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Bulat Cherepovets futbolchilari Turkum:FC Spartak Tambov futbolchilari Turkum:FC Gatchina futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar