Bernard bo‘risi (Canis lupus bernardi), shuningdek, Banks Oroli bo‘risi yoki Banks Oroli Tundra bo‘risi deb ham ataladi"Elsevier's dictionary of mammals: in Latin, English, German, French and Italian" - Google Books, Arktika arxipelagidagi Banks va Viktoriya orollarida yashagan va yo‘qolib ketgan kulrang bo‘ri kenja turidir"The Eponym Dictionary of Mammals" - Google Books.
Taksonomiya Bernard boʻrisi "Dunyo sutemizuvchilari turlari" (2005) taksonomik manbasi tomonidan Canis lupusning bir kenja turi sifatida tan olingan. U Kanada Arktika ekspeditsiyasining gaz shxoneri "Mary Sachs" ning rahbari Peter Bernard va uning jiyani Jozef F. Bernard tomonidan topilgan, tasniflangan va nomlangan. Ular katta erkak bo'ri terisi va bosh suyagini to‘plab, Kanadaning Milliy muzeyiga olib kelishgan, shuningdek, Canis Lupus Bernardining yana to‘rt namunasini yig‘ishgan"Bernard, P. and J.", The Eponym Dictionary of Mammals by Bo Beolens, Michael Watkins and Michael Grayson, JHU Press, 2009, Pg. 40. Bu kenja turining juda oz namunalari topilgan, jami uch"Wolf Empire: An Intimate Portrait of a Species" - Google Books yoki to‘rt dona.
Tashqi koʻrinishi Bo‘ri "orqa yelkasida qora uchli oq jun bilan qoplangan" deb ta'riflangan. Bernard boʻrisi uzun va ingichka bosh suyagi, nozik burun va juda katta yuqori va pastki yirtqich tishlari bilan katta o‘lchamga ega edi.
Yo‘qolib ketishi 1993-yil mart oyida Department of Renewable Resources tomonidan hududdagi bo‘ri va kiyik populatsiyasini kataloglashtirish uchun tadqiqot o‘tkazildi. Ko‘plab kiyiklar va boshqa mahalliy hayvon turlari topilgan va qayd etilgan bo‘lsa-da, birorta ham bo‘ri topilmagan. Viktoriya orolidagi populatsiya 1918- va 1952-yillar orasida yo‘qolib ketgan deb ishoniladi"Southern Banks Island Wolf and Caribou Survey" - Department of Renewable Resources, boshqa manba esa taxminan 1920-yilni keltiradi.
Manbalar
Turkum:Biologik turlar Turkum:Bo'ri turi Turkum:Yirtqichlar