Nardò Ring – 1975-yilda qurilgan boʻlib, dastlab Pista di prova di Nardò della Fiat (Fiatning Nardò sinov yoʻli) nomi bilan tanilgan. Italiyaning Nardò shahridan shimoli-gʻarbda, Apulia janubiy mintaqasidagi Lecce provinsiyasida joylashgan. Yoʻl Porsche Engineering tomonidan 2012-yilda oʻzining sobiq egalari Prototipo SpA dan sotib olingan. Hozirda Porsche bu joyni Nardò texnik markazi deb ataydi.
Tavsifi Dumaloq shakldagi yoʻl uzunligi , avtomobillar va mototsikllar uchun umumiy hisobda kengligi boʻlgan toʻrtta qatorga va yuk mashinalari uchun alohida kengligi ni tashkil etuvchi ichki halqaga ega. Avtomobil va mototsikllar halqasida qatorlar shunday darajada ajratilganki, haydovchi tezlikda harakatlanayotganda ham haydovchi rulni burishi shart emas. Aslini olganda, toʻrt qator uchun har xil boʻlgan „neytral tezlik“ deb ataladigan tezlikda, xuddi toʻgʻri chiziqda haydagandek haydash mumkin. Aylana boʻylab harakatlanishi uchun zarur boʻlgan markazga intilma kuch vertikalga nisbatan burchak ostida boʻlgan yer reaksiyasi kuchi bilan taʼminlanadi. Shuning uchun, transport vositasini burilishga yoʻnaltiruvchi gorizontal komponentga ega. Biroq, oʻta tez avtomobillar „neytral tezlik“ dan tezroq harakatlanganda rul chambaragini aylantirishni talab qiladi. Misol uchun, Nardò Ringda tezlik rekordini oʻrnatgan, Koenigsegg CCR rul chambaragini 30° burchak ostida burgan holda harakatlangan. Bu tezlik rekordini Bugatti Veyron Germaniyadagi Volkswagen Group kompaniyasining xususiy Ehra-Lessien toʻgʻri chiziqli sinov yoʻlida yangiladi va Koenigsegg CCR faqat Nardò Ring uchun tezlik rekordini saqlab qoldi. Neytral tezlikdan tezroq harakatlanganda burilish bilan kurashish jarayonida potensial maksimal tezlikning bir qismi yoʻqoladi va shuning uchun tezkor mashina Nardo halqasida mumkin boʻlganidan koʻra tezroq toʻgʻri chiziq boʻylab boradi. Avtomobil hatto neytral tezlikda, qiya burilishda ham toʻgʻri chiziqqa qaraganda biroz ogʻirroq harakatlanadi, chunki burilishda vujudga keladigan pastga bosuvchi kuch shinalarning dumalashga qarshiligini oshiradi.
Avtomobil va mototsikllar harakatlanadigan toʻrtta qator uchun neytral tezlik: 1-qator – 2-qator – 3-qator – 4-qator –
Muntazam haftalik ish faoliyatida aylanma yoʻlda ruxsat etilgan maksimal tezlik ni tashkil qiladi. Mijoz sinov yoʻlini maxsus foydalanish uchun olgan paytlardagina yuqori tezliklarga ruxsat beriladi. Yuk mashinasi halqasining neytral tezligi va oraligʻida. Sinov hududi boshqa yoʻllarni ham oʻz ichiga oladi; shu bilan birga aylanish doirasi boʻlib, u butunlay aylana ichiga kiradi. Bu yoʻl uzun asosiy toʻgʻri chiziq, turli radiusli va oʻzgaruvchan yon qiyalikdagi oʻn oltita egri chiziq bilan tavsiflanadi. Yoʻl avtomobil va mototsikl shinalarining chidamliligi, ishonchliligi, avtomobil dinamikasi, shuningdek, shina sinovlari boʻyicha foydali natijalarni berishi mumkin . Sinov yoʻli 1992-yilda British TV ning Top Gear televizion loyihasida namoyish etilgan boʻlib, unda Martin Brundle tomonidan boshqarilgan Jaguar XJ220 yuqori tezlik sinovlarida tasvirlangan. Bu yana 2002-yilda Top Gear qayta ishga tushish formatining 18-seriyasida namoyish etildi, oʻshanda shouning oʻsha paytdagi boshlovchilari Jeremy Clarkson, Richard Hammond va James May kim eng yuqori tezlikka erisha olishini koʻrish uchun mos ravishda Lamborghini Aventador, Noble M600 va McLaren MP4-12C avtomobillarini haydashgan. Trekning qoʻpol yuzasi soʻnggi epizodda koʻzga tashlandi va u 2018-yilda qayta taʼmirlandi.
Nardò Ringda oʻrnatilgan rekordlar
1979-yil 13-mayda 125cc Honda 24 soatlik oʻrtacha tezlik boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi: 1979-yil 5-mayda avtomobil birinchi marta tezlikka erishadi. Mercedes-Benz C111-IV tezlikka erishdi va Italiyada tezlik rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, avtomobil 1 daqiqa 57 soniyada toʻliq halqa aylanmasini bosib oʻtishga muvaffaq boʻldi. 1980-yilda Volkswagen ARVW tezlikka erishgan dizel avtomobili sifatida tezlik rekordini oʻrnatdi. 1982-yil 7-noyabrda Porsche 928 S 24 soatlik tezlik rekordini oʻrnatdi. 251.4 km/h (156.2 mph) oʻrtacha tezlikda 6033 kilometrni bosib oʻtdi. 1982-yil 28-noyabrda Alfa Romeo Giulietta masofada oʻrtacha tezlik rekordini oʻrnatdi: 1983-yil 17-21-avgustda uchta Mercedes-Benz 190E 2.3-16 avtomobili , va masofalarda chidamlilik rekordini oʻrnatdi. Oxirgisi 201 soat, 39 daqiqa va 43 soniyada oʻrtacha tezlik bilan harakatlangan. 1986-yil 14-sentyabrda Elf R prototip mototsikli oltita jahon rekordini oʻrnatdi. Jumladan, oʻrtacha tezlik bilan ni bosib oʻtdi va eng yuqori tezlikka erishdi. 1988-yil 4-aprelda Audi 200 quattro masofani oʻrtacha tezlikda va ni tezlik bilan bosib oʻtib, jahon rekordini oʻrnatdi. 1993-yil 29-avgustda Loris Capirossi tomonidan boshqarilgan Honda NR 750cc mototsikli eng yuqori tezlik bilan jahon rekordini oʻrnatdi. Shu bilan birga, rekord tezlikda va masofada tezlik bilan tik start holatida oʻrnatildi. 1993-yilda Porsche 928 GTS 24 soat ichida masofani oʻrtacha tezlik bilan bosib oʻtib, oldingi rekordni yangiladi. 1994-yil 2-iyunda muhandis Fabio Fazi tomonidan ishlab chiqilgan va Max Biaggi tomonidan boshqarilgan Violent Violet elektr mototsikli elektr mototsikllar uchun beshta jahon tezligi rekordini oʻrnatdi: , kilometr va milda tik holda turish va eng yuqori tezlik. 1994-yil 2-iyulda Bugatti EB110GT metan bilan ishlaydigan avtomobillar uchun tezlik rekordini oʻrnatdi. U tezlikka erishgan. 1994-yilda Bertone Z. E. R. masofada oʻrtacha tezlikda haydash orqali elektromobillar uchun tezlik rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi. 1995-yil 27-avgustda Aprilia 250cc mototsikli 254,021 km/soat (157,841 milya) oʻrtacha tezlik bilan boshlangan kilometr boʻyicha rekord oʻrnatdi. 2000-yil 3-iyunda Suzuki GSX 1300R mototsikli tezlik bilan harakatlanib jahon rekordini oʻrnatdi. 2002-yil 16-fevralda Lamborghini Murciélago avtomobili tezlik bilan 1 soat ichida oʻrtacha tezlik rekordini oʻrnatdi va masofani 320,254 km/h tezlikda bosib oʻtdi. 2002-yil 23-fevralda Volkswagen Nardò nomi bilan ham tanilgan Volkswagen W12 avtomobili 24 soat davomida barcha tezlik sinflari boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi; oʻrtacha tezlik bilan masofani bosib oʻtdi. 2004-yilda 8 ta gʻildirakka ega Eliica elektr bilan harakatlanuvchi kontsept avtomobili tezlikka erishdi. 2005-yil 28-fevralda Loris Bicocchi tomonidan boshqarilgan Koenigsegg CCR 388 km/soat (241 milya) tezlik bilan rekord oʻrnatdi. 2008-yil 25-mayda Mercedes-Benz Actros BlueTec III yuk mashinasi 40 tonnali yuk mashinasi uchun samaradorlik rekordini oʻrnatdi. Umumiy hisobda masofani bosib oʻtib oʻrtacha isteʼmol hajmi ni tashkil etdi. 2019-yil 18-avgust kuni Porsche Taycan elektr avtomobili 24 soatda masofani bosib oʻtdi. 2023-yil 9-iyun kuni Iván Cervantes haydovchisi boʻlgan Triumph Tiger Explorer 1200 GT masofani 24 soatda bosib oʻtdi va "Mototsiklda 24 soat ichida eng katta masofa (individual) " boʻyicha rekord oʻrnatdi.
Trek yaqinida bu halqada oʻrnatilgan bir qancha jahon rekordlari koʻrsatilgan lavha mavjud.
Bugatti Veyron prototipidagi Loris Bicocchi halokati Loris Bicocchi tomonidan boshqarilgan Bugatti Veyron prototipida birinchi maxfiy tezlik sinovlaridan birida gʻildiraklardan biri himoya arkasi bilan birga portlab ketdi. Arka koʻtarildi va oʻzi bilan old qopqoqni olib keldi, old qopqoq qulab tushib old oynani buzdi, bu esa avtomobilni nazoratni yoʻqotishiga va tezlik bilan himoya toʻsiniga urilishiga olib keldi. Garchi, mashina tormozlari ishlamay qolgan boʻlsa-da, Bicocchi avtomobilni sekinlashtirishga muvaffaq boʻldi va faqat yengil jarohatlar oldi. Bicocchi Nardò texnik markazidan masofadagi himoya toʻsiniga zarar yetkazgani haqida invoys oldi. Keyinchalik Bugatti bu xarajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti „Nardò ring“ ning Google Mapsdagi sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlari
Turkum:Nardò Turkum:Apuliadagi sport maydonlar Turkum:Italiyadagi avtosport maydonlar Turkum:Sinov yoʻllar