2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining ayollar oʻrtasida 1500 metrga erkin usulda suzish musobaqasi 2024-yil 30–31-iyul kunlarida Parij La Défense Arenada boʻlib oʻtgan. Bu musobaqa 2020-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda.
Rekordlar Ushbu musobaqadan avval oʻrnatilgan jahon va olimpiada rekordlari quyidagicha edi:
Musobaqa davomida quyidagi rekordlar oʻrnatilgan: Sana Bahs Suzuvchi Millat Vaqt Rekord 31-iyul Final Katie Ledecky 15:30.02
Saralash Suzuvchilar kamida Olimpiya saralash vaqt koʻrsatkichlariga (OQT) erishgan boʻlishlari kerak. Bunda davlatlarning Milliy Olimpiada Qoʻmitalari mazkur Olimpiadaga yuborish uchun ushbu sportchilardan ikkitasini tanlashlari mumkin. Shuningdek, ular Olimpiadani hisobga olish vaqti koʻrsatkichini (OCT) koʻrsatib ham Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishlari mumkin. Bu holatda davlatlarning Milliy Olimpiada Qoʻmitalari mazkur Olimpiadaga yuborish uchun ushbu koʻrsatkichni egallagan sportchilardan birini tanlashlarii mumkin.
Quyidagi jadvalda Parij-2024 musobaqalarida ushbu musobaqa uchun saralash vaqt standartlari keltirilgan: Ayollar bahslariMusobaqa turiOQT*OKT^1500 metrga erkin usulda suzish16:09.0916:13.94 Avstraliya Lani Pallister va Moesha Johnson Avstraliyada suzish boʻyicha 2024-yilgi sinovlarida Avstraliya vakili boʻlish huquqiga ega boʻlgan. Finalda 15:53,79 natija bilan Pallister, 15:57,85 natija bilan Jonson gʻalaba qozongan. Har ikki suzuvchi musobaqada debyut qilishgan.
Braziliya Beatris Dizotti suzish boʻyicha 2024-yilgi Braziliya chempionatida Braziliya vakili boʻlish huquqini qoʻlga kiritgan. Dizotti 16:14.02 vaqt natijasi bilan musobaqada gʻolib boʻlgan, bu OCT koʻrsatkichiga toʻgʻri kelmasdi, ammo u suv sporti boʻyicha 2023-yilgi Jahon chempionatida 16:01,95 lik koʻrsatkichni qayd etgan. Bu uning mazkur yoʻnalishda ikkinchi marotaba ishtirok etishi boʻlgan.
Germaniya Isabel Gose va Leonie Märtens 2024-yilda suzish boʻyicha Germaniya chempionatida Germaniya vakili boʻlish huquqini qoʻlga kiritgan. Gose 15:52.02 lik natija bilan musobaqada gʻolib boʻlgan, Martens esa 16:12.48 lik natija bilan uchinchi oʻrinni egallagan.
Yangi Zellandiya Eve Thomas suzish boʻyicha 2024-yilgi Yangi Zelandiya chempionatidagi gʻalabasidan soʻng ketma-ket ikkinchi marta Yangi Zelandiya vakili boʻlgan. U 16:07.46 lik natija bilan Deans Caitlindan 20 soniya oldinda boʻlgan va ikkinchi oʻrinni egallagan. U rasman 2024-yil 30-aprelda jamoaga kiritilgan.
Singapur Gan Ching Hvi iyun oyi boshida Singapur Milliy Olimpiya Kengashi tomonidan 16:10.61 lik natija bilan Olimpiada oʻyinlariga taklif qilingan. Vaqt koʻrsatkichi OKT darajasiga yetarli boʻlgan va bu natija bilan Singapur rekordini yangilagan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Ketie Ledecky va Katiei Grimes 2024-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari Olimpiada oʻyinlari sinovlarida Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili boʻlish huquqiga ega boʻlgan. Finalda Ledecky 15:37,35 lik natija bilan gʻalaba qozongan, Grimes esa 15:57,77 lik natija bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Ledecky Olimpiada oʻyinlarining ushbu bahsida ketma-ket ikkinchi marta ishtirok etgan, Grimes esa ilk marotaba ishtirok etgan.
Boshqa ishtirokchilar
OQT yoʻlanmasi OQT yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan boshqa sportchilar: xitoylik Gao Weizhong va Li Bingjie, fransiyalik Anastasiya Kirpichnikova, vengriyalik Vivien Jackl, italiyalik Simona Quadarella va Ginevra Taddeucci.
OCT yoʻllanmasi Yana bir sportchi OCT natijasi orqali saralangan, bu: Chililik Kristel Kobrich.
Universal oʻrin Sasha Gatt 2024-yil 5-iyulda Malta tomonidan universal oʻrin uchun tanlangan.
Jadval Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa vaqti (UTC+1) bilan berilgan SanaVaqtBahslar2024-yil 30-iyul11:44Saralash2024-yil 31-iyul09:04Final Natijalar Saralash Saralash oʻyinlari 30-iyul kuni boʻlib oʻtgan. Eng tezkor 8 ta suzuvchi, saralash koʻrsatkichidan qatʼi nazar, finalga yoʻllanma olgan. OʻrniSaralash (oʻz guruhi)dagi oʻrniSuzish yoʻlakchasiSuzuvchiMillatVaqtIzohlar134 Katie Ledecky 15:47.43222 Simona Quadarella 15:51.19325 Anastasiya Kirpichnikova 15:52.46423 Isabel Gose 15:53.27526 Moesha Johnson 16:04.02635 Li Bingjie 16:05.26732 Beatriz Dizotti 16:05.40831 Leonie Märtens 16:08.69915 Gan Ching Hwee 16:10.13MR1036 Katie Grimes 16:12.111121 Ginevra Taddeucci 16:12.451227 Eve Thomas 16:13.741322 Gao Weizhong 16:27.111414 Kristel Köbrich 16:27.181537 Vivien Jackl 16:31.251613 Sasha Gatt 17:00.5433 Lani Pallister
Final OʻrniSuzish yoʻlakchasiSuzuvchiMillatVaqtIzoh4Katie Ledecky15:30.023Anastasiya Kirpichnikova15:40.35 NR6Isabel Gose15:41.16NR45Simona Quadarella15:44.0557Li Bingjie16:01.0362Moesha Johnson16:02.7071Beatriz Dizotti16:02.8688Leonie Märtens16:12.57
Manbalar
Turkum:2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida suzish Turkum:Ayollar oʻrtasida 1500 metrga erkin usulda suzish