Diane Marie Hendricks (talaffuzi: Diana Mari Xendriks; qizlik familiyasi: Smith; 1947-yil 2-martda tugʻilgan) – Viskonsin shtatidan boʻlgan amerikalik milliarder, tadbirkor ayol va kino prodyuseri. U marhum biznesmen Ken Hendricksning bevasidir.
Yoshligi Hendricks AQShning Viskonsin shtatidagi Mondovi shahrida sutchilik bilan shugʻullanuvchi fermerlar oilasida tugʻilganIWF 2017 Annual Awards Gala Remarks: Diane Hendricks va huddi shu shtatning Osseo shahrida katta boʻlgan. U birinchi farzandini oʻn yetti yoshida tugʻadi va toʻlovlarini toʻlash uchun Playboy Bunny (Playboy klubida ichimlik tarqatuvchi ofitsiant) boʻlib ishlaydi. Hendricks 1965-yilda Osseo-Fairchild yuqori maktabini tamomlagan. U Ken Hendricks bilan uchrashganida birinchi eri bilan ajrashganiga oʻn yil boʻlgan edi.
Faoliyati 1975-yilda Hendricks buyurtma asosida qurilgan uylarni sotar edi, Ken esa tom yopuvchi ustaning oʻgʻli va yuqori maktabdagi oʻqishini tashlab ketgan yigit boʻlgan. Ular turmush qurishadi va biznes sherik boʻlishdi. 1982-yilda juftlik kredit liniyalaridan kredit olish uchun foydalanganlar, bu ularga mamlakatdagi eng yirik ulgurji distribyutor boʻlgan ABC Supply kompaniyasiga asos solish va uy-joy hamda tijorat binolari uchun tom, deraza, shu kabi boshqa qurilish anjomlari yetkazib berish imkonini berdi.
Hendricks Hendricks Holding kompaniyasiga egalik qiladi va ABC Supply kompaniyasining egasi hamda raisi hisoblanadi. 2012-yil mart oyida Forbes uning boyligini 2.8 milliard va 2021-yil avgustida 11.1 milliard AQSh dollari deb baholaganTen Questions For Diane Hendricks, Forbes, 11.04.10. 2018-yilda Forbes Hendricksni „oʻz mehnati bilan milliarderga aylangan AQShning eng boy ayollaridan biri“ deb topdi.
Hollywood prodyuserligi Hendricks Eron qishlogʻidagi qatl haqida ishlangan „The Stoning of Soraya M“ (2008) filmi va „An American Carol“ (2008), „Snowmen“ (2010) kabi filmlarga prodyuserlik qilgan.
Siyosiy xayriyalari U Viskonsin gubernatori Scott Walkerning 2012-yilgi qayta saylanish kampaniyasiga qarshi 500 ming dollar xayriya qilgan va bu oʻsha yilgi uning eng katta donorligi boʻlgan. Hendricks saylovlarda Paul Ryanni ham qoʻllab-quvvatlagan. 2014-yilda u Koch Brothers tomonidan yaratilgan Republican Super PAC – Freedom Partners Action fondiga 1 million dollar xayriya qildi. 2015– va 2016-yillarda Hendricks Freedom Partners Action fondiga 2 million dollar xayriya qilgan. 2015-yilda u prezidentlikka nomzod Scott Walker bilan aloqador Siyosiy harakatlar qoʻmitasi (PAC)ga 5 million dollar berdi, shundan 4 million dollari oxir-oqibat oʻziga qaytarilgan.
2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida Hendricks demokrat nomzod Hillary Clintonga qarshi chiqqan va Viskonsin shtatidan AQSh respublikachi senatori Ron Johnsonni qoʻllab-quvvatlagan super PAC – Reform America jamgʻarmasiga 5 million dollardan ortiq mablagʻ ajratdi. U Donald Trumpning prezidentlik kampaniyasida iqtisodiy maslahatchi boʻlib ishlagan.
Scott Pruitt 2018-yil iyul oyida isteʼfoga chiqishidan oldin Hendricks Scott Pruitt Legal Expenses Trustga 50,000 dollar xayriya qilgan.
Hendricks Donald Trumpning 2020-yilgi prezidentlik kampaniyasiga jami 1.1 million dollar hissa qoʻshgan.
U Gruziya vakili Marjorie Taylor Greene kampaniyasiga ham hissa qoʻshgan.
Hendricks 2023-yil holatiga koʻra Super PAC, Make America Great Again, Inc. jamgʻarmasiga 5,000,000 dollar hissa qoʻshgan.
Soliq mojarolari Hendricks 2010-yildan 2014-yilgacha boʻlgan besh yillikning toʻrt yili uchun hech qanday davlat daromad soligʻini toʻlamaganCary Spivak. "Beloit billionaire posts string of zeros on state returns ". Milwaukee Journal Sentinel, June 9, 2016. Retrieved December 18, 2017..
Urban Milwaukee tomonidan olib borilgan tergov shuni koʻrsatdiki, Hendricksning Viskonsin shtatining Rok okrugidagi Rok shahrida joylashgan 8,500 kvadrat metrlik koʻp qavatli uyi 1,663 kvadrat metrlik rancho sifatida baholangan. Urban Milwaukee tergovidan soʻng, Hendricks „xavfsizlik yuzasidan“ soliq inspektoriga mulkka kirishni rad etadi. U baholovchiga uy haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishga rozi boʻlgach, mulkning bahosi 445,700 dollardan 1,205,500 dollarga oʻzgartirildi.
Shaxsiy hayoti Hendricksning yetti farzandi bor va ular Viskonsin shtatidagi Afton shahrida yashaydi.
Manbalar
Havolalar Diane Hendricks kim? Milwaukee Magazineda Beva Diane Hendricks Milwaukee Journal-Sentinelda Q&A Diane Hendricks bilan Beloit Daily Newsda Hukumat, biznes yoʻlidan keting – Diane Hendricksning „USA Today“ jurnalidagi fikr-mulohazasi „Diane Hendricks“ IMDb Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Ayol milliarderlar