Carlos Henrique Raposo (1963-yil 2-aprelda tugʻilgan) – Carlos Kaiser nomi bilan tanilgan braziliyalik firibgar va hujumchi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. Uning qobiliyatlari professional futbolchi uchun qoʻyilgan standartlardan ancha past boʻlsa-da, bir dekadadan ortiqroq davom etgan faoliyati davomida koʻplab jamoalar bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. U hech qachon oʻyinga tushmagan. Bir marotaba maydonga tushishiga juda yaqin kelgan paytda ham muxlislar bilan urishib, qizil kartochka olgan va oʻsha oʻyinni ham oʻtkazib yuborgan. Carlos oʻzining oʻyin mahoratini jarohatlar, tez-tez jamoa oʻzgartirish va boshqa nayranglar bilan yashirib kelgan.

Film 2015-yilning noyabr oyida Kaiser Buyuk Britaniyaning Nods & Volleys Entertainment Limited prodyuserlik kompaniyasi bilan eksklyuziv shartnoma imzolagan. Shartnomaga koʻra u oʻz faoliyati haqida barcha media formatlarda hikoya qilib berishi kerak edi. 2016-yil dekabr oyida intervyuni suratga olish ishlari yakunlangan.

„Kaiser: The Greatest Footballer Never to Play Football“ filmining jahon miqyosidagi premyerasi 2018-yil 21-aprelda Tribeca kinofestivalida boʻlib oʻtgan. Filmni suratga olish ishlarida Carlos Alberto Torres, Zico, Renato Gaúcho, Bebeto, Júnior and Ricardo Rochalarning ham hissalari bor.

Kitob 2018-yilda jurnalist Rob Smythning Carlos Kaiser haqidagi „Kaiser: The Greatest Footballer Never to Play Football“ nomli kitobi nashr etilgan.

Manbalar

Havolalar The forgotten story of … Carlos Kaiser, football’s greatest conman Neveroyatnaya istoriya Karlosa Kayzera – velichayshego futbolnogo skamera

Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar