Aaron Anselmino (2005-yil 29-aprelda tugʻilgan) – argentinalik futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi himoyachisi.
Yoshligi Anselmino 12 yoshida Argentinaning Boca Juniors jamoasining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan.
Karyerasi 2023-yilning 10-iyunida Anselmino Boca Juniors klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi va bir necha soat oʻtgach, Atlético Lanús bilan 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda Bruno Valdezning oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilgan holda professional futboldagi debyutini oʻtkazdi. Olti oydan soʻng futbolchi jamoa bilan shartnomasini 2028-yil iyun oyiga qadar uzaytirdi.
2024-yilning 8-avgustida Anselmino 15,6 million funt sterling evaziga Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi bilan yetti yillik shartnoma imzoladi va keyingi mavsum Boca Juniors klubi tarkibida ijara asosida oʻynaydigan boʻldi .
Statistikasi
KlubMavsumLigaCopa ArgentinaCopa de la Liga ProfesionalMintaqaviyUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBoca Juniors2023Primera División200030005020241010102151Umumiy30104021101
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Boca Juniors futbolchilari Turkum:Argentina Primera División futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar