Hokimiyatning 48 qoidasi (1998) – amerikalik yozuvchi Robert Greenening shaxsiy rivojlanish haqidagi kitobi. U The New York Timesning eng koʻp sotilgan kitobi boʻlib, Qoʻshma Shtatlarda 1,2 million nusxadan ortiq xarid qilingan.

Yaratilishi Greene Gollivudda yozuvchi sifatida ishlab yurgan kezlarida „Hokimiyatning 48 qoidasi“ asaridagi baʼzi dastlabki gʻoyalarni shakllantirgan va kitobning ustuvorligi tarix davomida kuchli shaxslar bilan oʻxshash xususiyatlarni birlashtirganligida boʻlishi kerak degan xulosaga keladiBlake, John. How to Master the ‘48 Laws of Power’. CNN. March 15, 2010.. 1995-yilda Greene Fabrica, sanʼat va media maktabida yozuvchi boʻlib ishlagan va Joost Elffers ismli kitob muqovalovchisi bilan uchrashganChang, Andrea. American Apparel’s in-house guru shows a lighter side. LA Times. August 30, 2011.Paumgarten, Nick. Fresh Prince. New Yorker. November 6, 2006.. Greene Elffersga hokimiyat haqida kitob yozish niyatida ekanligini aytadi.

Garchi Greene oʻz ishidan mamnun boʻlmasa-da, u oʻzini xotirjam his etar va kitob yozish uchun oʻsha davrni juda xavfli deb bilardiPerlroth, Nicole. Robert Greene on Power Ambition Glory. Forbes. June 16, 2009.. Biroq, oʻsha paytda yozuvchi Julius Caesar haqidagi sevimli tarjimai holini qayta oʻqiyotgan edi va Caesarning Rubicon daryosidan oʻtish hamda Pompey bilan jang qilish qaroridan ilhomlanib, kitobni yozishga qaror qiladi. Shunday qilib, Greenening yozganlari keyinchalik „Hokimiyatning 48 qoidasi“da jamlanadi. Yozuvchi buni hayotining burilish nuqtasi sifatida qayd etadi.

Qabul qilinishi Carol Kennedy Director jurnalida shunday yozadi: „Greenening baʼzi „qoidalari“ bir-biriga qarama-qarshi koʻrinadi“, u shuningdek, kitob „zerikarli va didaktik“ ekanligini taʼkidlaydi. Newsweek jurnalida Jerry Adler qoidalarning bir-biriga zid boʻlgan usullarini sanab oʻtadi va shunday deb taʼkidlaydi: „Teskari tomondan qaraydigan boʻlsak, Greene haqiqatan ham Bibliyaning Yangi Ahd boʻlimida kuzatilganidan beri ilk marta kamtarlik va noaniqlik uchun eng yaxshi dalillardan birini keltirdi“. Kirkus Reviewsning taʼkidlashicha, Greene oʻzining dunyoqarashini tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirmaydi, uning qonunlari bir-biriga zid keladi va kitob „shunchaki bemaʼnilik“.

„Hokimiyatning 48 qoidasi“ Millsaps va Ramapo kolleji tomonidan oʻrganib chiqilgan. Stanford universitetidan Jeffrey Pfefferning taʼkidlashicha, Greenening qoidalari qatʼiy tadqiqotlarga emas, balki alohida misollarga asoslangan.

Mashhurligi „Hokimiyatning 48 qoidasi“ Qoʻshma Shtatlarda 1,3 million nusxadan ortiq sotilgan va 24 tilga tarjima qilingan. Fast Company kitobni „mega kult klassikasi“ deb ataydi va Los Angeles Times gazetasida taʼkidlanishicha, „Hokimiyatning 48 qoidasi“ Greeneni „hip-hop, Gollivud elitasi va qamoqxonadagi mahbuslar orasida diniy qahramon“ga aylantirganJohnson, Lynn. „The 50 Cent Bible“. Fast Company. September 10, 2009..

Kitob Amerika qamoqxonalari kutubxonalarida koʻp soʻralayotgani xabar qilinganGarner, Dwight. „The Readers Behind Bars Put Books to Many Uses“. The New York Times. October 19, 2010.. Repper 50 Cent muallif bilan „darhol“ bogʻlanganini aytadi va Greenega potensial hamkorlik istiqboli bilan murojaat qiladi, bu keyinchalik The New York Timesning yana bir bestselleri boʻlgan „50-qonun“ yaratilishiga olib keladi. Busta Rhymes va Derrius Jackson muammoli kino prodyuserlari bilan shugʻullanish uchun „Hokimiyatning 48 qoidasi“dan foydalanishgan. „Hokimiyatning 48 qoidasi“ UGK, Jay Z, Kanye West, Central Cee, MF DOOM va Drakening qoʻshiqlarida ham tilga olingan. 2014-yilda American Apparel asoschisi va sobiq bosh direktori Dov Charneyning ushbu kompaniya tomonidan faoliyati tugatilgan, u kengash yigʻilishlarida tez-tez qoidalardan iqtibos keltirgan, doʻstlari hamda xodimlariga kitobning nusxalarini bergan va Greeneni hozirda tugatilgan American Apparel direktorlar kengashi aʻzosi etib tayinlagan. Kitob muallifi Kubaning sobiq prezidenti Fidel Castroni ham kitobni oʻqiganligi haqida daʼvo qilmoqda. Kitob AQShning bir qancha qamoqxonalari tomonidan taqiqlangan.

Manbalar

Havolalar Kuch, vasvasa va urush: Robert Greene blogi

Turkum:Tarjima kitoblar Turkum:Shaxsiy rivojlanish