Muhammad Deif (1965-yil – 2024-yil 13-iyul; mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan IMK tomonidan daʼvo qilingan oʻlim sanasi) ismi bilan tanilgan Muhammad Diab Ibrohim al-Masriy () Falastindagi Hamas islomiy tashkilotining harbiy qanoti boʻlmish Izziddin al-Qassam brigadalarining amaldagi rahbar yoki rahbari boʻlgan. Isroil 2024-yil 13-iyulda Al-Mavosiga uyushtirilgan havo hujumida uni oʻldirganini daʼvo qilgan boʻlsada, Hamas bu maʼlumotni rad etgan.
Muhammad al-Masriy 1965-yilda Gʻazo sektoridagi Xon Yunus qochqinlar lagerida 1948-yilgi Falastin urushi davrida koʻchib ketgan oilada tavallud topgan. Xabar qilinishicha, Muhammad Deif kam taʼminlangan oilasini boqish uchun vaqtincha maktabni tark etgan, keyinchalik 1988-yilda Gʻazo islom universitetida kimyo fani boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan va universitetda oʻqish davirda teatr guruhini tashkil qilgan.
Masriy 1987-yilda, Isroil bosqinchiligiga qarshi Birinchi intifada boshlangandan bir necha hafta oʻtib, Hamasga qoʻshilgan. Keyinchalik Masriy, Muhammad Deif nomi bilan tanildi. Deif arabcha „mehmon“ maʼnosini anglatadi. Muhammad Deif 2002-yilda al-Qassam brigadalarining rahbari boʻlgan va shundan buyon guruhning imkoniyatlarini rivojlantirib, guruhni oddiy havaskorlardan tashkillashtirilgan harbiy boʻlinmalarga aylantirgan. Deif sroilga raketali hujumlarni yerosti tunnellari orqali olib borish strategiyasini ishlab chiqqan, 2023-yilda Hamas boshchiligidagi guruhning Isroilga hujumini rejalashtirishda qatnashgan shaxslar orasida asosiy oʻrinlardan birini egallaydi, bu esa Isroil-Hamas urushini boshlab berdi.
Muhammad Deif 1995-yildan beri Isroil harbiylari hamda tinch aholini oʻldirgani uchun Isroil armiyasining „eng koʻp qidirilgan“ odami sanaladi. Deif 2000-yilda Isroilning iltimosiga binoan Falastin maʼmuriyati tomonidan hibsga olingan va bir necha oy oʻtgach qamoqxonadan qochib ketgan. Muhammad Deif 2001-yildan beri Isroilliklarning 8 ta havo hujumiga uchragan. Havo hujumi orqali uyishtirilgan suiqasdlardan eng oxirgisi Isroil-Hamas urushi paytida sodir boʻlgan va kamida yettitasida omon qolgan. 2014-yildagi Isroil havo hujumidan uning rafiqasi, goʻdak oʻgil farzandi hamda 3 yoshli qizi halok boʻlgan.
Hayoti Muhammad Diab Ibrohim al-Masriy 1965-yilda Gʻazo sektorining janubidagi Xon Yunus qochqinlar lagerida dunyoga kelgan. Uning oilasi Falastindagi Ramleh yaqinidagi sobiq al-Qubeyba shahridan boʻlishgan, ammo 1948-yilgi Falastin urushi paytida sobiq al-Qubeyba shahridan koʻchib ketishga majbur boʻlgan yoki koʻchirilgan Village #251. Also gives cause of depopulation.. Shin Bet maʼlumotlariga koʻra, uning otasi yoki amakisi 1950-yillarda falastinlik fidoiylar tomonidan Isroilga qarshi vaqti-vaqti bilan uyushtirilgan bosqinlarda ishtirok etishgan.
Deifning yoshlikdagi hayoti va tarbiyasi haqidagi tafsilotlari haqida koʻp narsa maʼlum boʻlmasa-da, maʼlumotlarga koʻra, Deif kam taʼminlangan oilasini boqish uchun vaqtincha maktabni tashlab ketishga majbur boʻlgan, otasi bilan mebellarga mato yoki charm qoplamalar bilan taʼminlash ustida ishlagan va keyinchalik kichik parrandachilik fermasini ochgan. Maʼlumki, U Gʻazo islom universitetida kimyo fani yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan, 1988-yilda universitetni bakalavr darajasi bilan tamomlagan.
Universitetda oʻqiyotgan paytidan uning teatrga ishtiyoqi baland boʻlgan, Nakbadan oldin yashagan yerlariga qaytishni orzu qilgan falastinlik qochqinlarga ishora qilib, „The Returners“ nomli teatr guruhini tashkil qilgan. Teatr tomoshlarida Deif bir qator rollarni, shu jumladan tarixiy shaxslar rolini ham oʻynagan.
Al-Qassam brigadalari rahbari 2002-yil iyul oyida Isroil qoʻshinlari Saloh Shahadni oʻldirganidan keyin Deif al-Qassam brigadalarining rahbari etib tayinlangan.
2015-yil sentyabr oyida AQSH Davlat departamenti Deif va Hamas tashkilotining yana uchta yetakchisini Amerikaning maxsus belgilangan global terrorchilar roʻyxatiga kiritdi. 2023-yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqi Deifni 2023-yilda terrorchilarni roʻyxatiga kiritgan.
Suiqasd qilishga urinishlar Isroil harbiy kuchlari 1995-yildan beri Isroilning „eng qidirilayotganlar roʻyxati“ning yuqori qismida turgan Deifni oʻldirish maqsadida olib borilgan muvaffaqiyatsiz oʻtgan urinishlar va havo hujumlari uning oilasining koʻplab aʼzolarini halok etgan. Deifning omon qolishi unga isroillik raqiblari orasida „toʻqqiz jonli mushuk“ laqabini keltirgan. 2023-yil oktyabr oyiga kelib, Deif kamida yettita Isroil suiqasd urinishidan omon qolishga erishgan.
Bunga qaramay, 2023-yil dekabr holatiga koʻra, Isroil harbiylari shu paytgacha Deifning akasi, jiyani, rafiqasi, 3 yoshli qizi hamda 7 oylik oʻgʻlini oʻldirgan.
Ilk urinishlar (2001 – 2006) Uning hayotiga suiqasd qilishga birinchi urinish 2001-yilda havo hujumi orqali sodir boʻlgan, Deif al-Qassam brigadalariga rahbarlik lavozimini egallagn davrda. Isroil 2002-yil sentyabr oyida Deifni mashinasiga zarba berish orqali yana oʻldirishga harakat qilgan. Oʻsha urinishdan olingan video lavhalarda bir odam uni qonga belangan holatida sudrab ketayotganini koʻrsatagan.
2003-yili hamda 2006-yil iyul oyida Hamas rahbariyati yigʻilishi oʻtkazilayotgan uyiga Isroil tomonidan hujum uyushtirilishi natijasida Deifga suiqasd qilishga yana bir bor urinish boʻlgan. Shu bilan birga, 2006-yil iyuldagi suiqasd qilishga urinish Deif univestitetdagi oʻqituvchilaridan birining uyiga borganida uyushtirilgan.
2014-yil Gʻazo 2014-yil avgust oyida, Gʻazodagi urush davomida, Isroil harbiy-havo kuchlari Gʻazzaning Shayx Radvon tumanida joylashgan Deifning oilasi yashayotgan uyiga havo hujumi uyushtirib, Deifni oʻldirmoqchi boʻlgan. Hujumdan soʻng Hamas Deifning halok boʻlganini inkor qilgan. 2015-yilda uning tirik ekanligini Isroil razvedka xizmati tasdiqlagan.
Yana qarang
Ismoil Haniya
Adabiyotlar
Arab tilidagi batafsil profili Al Jazeera Arabicdan
Manbalar
Havolalar
Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:Falastinlik musulmonlar Turkum:G‘azo Islom universiteti bitiruvchilari Turkum:Falastinliklar