Gʻusman Daniyar uli Qirgʻizboyev (; 28-sentyabr 1992-yil) – qozogʻistonlik dzyudochi, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali, 2021-yilgi jahon chempionati kumush medali, 2019- va 2022-yilgi Osiyo chempionatlarining bronza medali sovrindori.
Hayoti Sportchi 1992-yilda Qozogʻistonning Turkiston viloyati, Dixonkoʻl qishlogʻida tugʻilgan.
12 yoshidan Gʻusman akasi bilan birgalikda milliy kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2010-yilda aka-uka maktabni tugatib, Qozogʻiston sport va turizm akademiyasiga oʻqishga kirishgan. Ular tasodifiy tarzda dzyudo boʻyicha Olmaota shahar chempionatining saralash bahslarida qatnashib, finalga yoʻl olishadi.
Dzyudochining birinchi murabbiyi E. Otizboyev.
2014-yilda sportchi KazASTni tamomlab, sertifikatlangan trener-oʻqituvchi boʻladi. 2016-yildan 2018-yilgacha Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan. Bolaligida garmonika chalishga qiziqqan.
Faoliyati 2019-yili BAAning Fujayra shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 60 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi jahon chempionatida sportchi 60 kilogramm vazn toifasida finalda rossiyalik sportchi Yago Abuladzega yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi.
2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda serbiyalik sportchi Strahinja Bunčićni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:28-sentyabrda tugʻilganlar