Sitora Dushanbe () – 1990—1997-yillar oraligʻida Tojikiston Oliy kigasida ishtirik etgan, Dushanbe futbol klubi.

Tarix „Sitora Dushanbe“ 1990-yilda tashkil etilgan boʻlibTajikistan – Foundation Dates of Clubs – RSSSF, 1993 va 1994-yillarda ikki marta Tojikiston ligasida gʻolib chiqqan. 1997-yilgi mavsum oxirida moliyaviy muammolar tufayli Sitora klub sifatida faoliyatini toʻxtatgan.

Klub qisqa, ammo rang-barang tarixga ega boʻlgan. 1992-yilda jamoa Tojikiston mustaqil chempionatining debyut mavsumida ishtiroletgan va 10-oʻrinni egallagan. Biroq, 1993-yilgi mavsum jamoa tarkibiga bir necha tajribali futbolchilar jalb qilinishi natijasida 2 ta sovringa ega boʻlgan. Mavsum davomida Oliy liga turnirida „Pomir“ klubini ortda qoldirib chempionlikni qoʻlga kiritgan va Tojikiston kubogi musoboqasida ham gʻolib boʻlgan.

Sitora jamoasi 1994-yilgi mavsumda ham chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 1995—1996-yillarda jamoa sovrindorlar qatoridan joy olgan. 1997-yil klub faoliyatining soʻnggi yili boʻlib qoldi. Shundan soʻng klub moliyaviy muammolar tufayli Tojikiston Oliy ligasini tark etgan va klub tarqatib yuborilgan.

Ichki tarix MavsumLigaTojikiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.Pos.OʻGʻDMUGOʻGOIsmLiga1992Oliy liga102033141131121993Oliy liga1302712662255Gʻolib1994Oliy liga13021545117471995Oliy liga328171105734521996Oliy liga23022539421711997Oliy liga7241077433837

Kontinental tarix MavsumMusoboqaBosqichJamoaUySafarUmumiy natija1994–1995Klublar oʻrtasida Osiyo chempionatiDastlabki bosqich Neftchi Fargʻona0–3 Köpetdag Aşgabat1–7 Ansat Pavlodar0–4 Alga Bishkek3–1

Yutuqlar

Tojikiston Oliy ligasi (2): 1993, 1994. Tojikiston kubogi (1): 1993

Mashhur futbolchilar

Alisher Tuxtaev / Rahmatullo Fuzaylov / Denis Knitel Najmetdin Tolibov Amonsho Sodatsayrov Rustam Xodjaev Xikmat Fuzaylov

Manbalar

Havolalar

Sitora Dushanbe Futbol maʼlumotlar bazasida jamoa profili Sitora Dushanbe Footballzz saytida Sitora Dushanbe Worldfootball saytida Sitora Dushanbe WildStat saytida Sitora Dushanbe RSSSF maʼlumotlar bazasida klub oʻyini natijalari

Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Tojikiston futbol klublari Turkum:Tojikiston SSR futbol klublari Turkum:Tojikistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari Turkum:Dushanbedagi futbol klublari Turkum:1990-yilda tashkil etilgan futbol klublari