2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida syorfing musobaqalari 2024-yil 27-iyuldan 5-avgustgacha Fransuz Polineziyasining Taiti orolidagi Teahupoʻo rifida oʻtkazildi. Bu olimpiada tarixida mezbonlik qilayotgan shahardan eng uzoq masofada oʻtkazilgan musobaqa boʻldi. Sport turi 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida debyut qildi. Shortbord musobaqalarida jami 48 nafar syorfer (erkaklar va ayollar musobaqalarining har birida 24 tadan) ishtirok etdi.
Musobaqa oʻtkazilgan joy Syorfing musobaqasi Tinch okeanining janubidagi Fransuz Polineziyasining Taiti orolidagi Teahupoʻo rifida boʻlib oʻtdi. Orolda syorfing musobaqalari uchun mos mashhur katta toʻlqinlar tufayli mavjud edi. Shu sabablli kontinental Yevropa oʻrniga Taiti hududida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Taiti Parijdan 15 000 kilometr (9 300 mil) uzoqlikda joylashgan, shu sababli syorfing bahslari mezbon shahardan eng uzoq masofada oʻtkazilgan musobaqa boʻldi. Bundan oldingi rekord 1956-yilda oʻrnatilgan edi. Oʻshanda Avstraliyaning Melburn shahrida boʻlib oʻtgan 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ot sporti musobaqalari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida oʻtkazilgan, chunki Avstraliyada chet eldan keltirilgan hayvonlar uchun qatʼiy karantin qoidalari mavjud edi.
Syorfing musobaqalari ishtirokchilari Olimpiya qishlogʻi sifatida Taiti yaqinida langar tashlagan M/V Aranui 5 kemasidan foydalandi. Syorfing musobaqasi, shuningdek, tomoshabinlarsiz oʻtkaziladigan yagona tadbir boʻldihttps://www.reuters.com/sports/olympics/surfing-olympic-surfers-score-with-awesome-floating-athletes-village-2024-07-26/.
Saralash
Parij-2024 saralash tizimida Tokio-2020 uchun foydalanilgan avvalgi formatga asoslanadi. Har bir mamlakatda ikkita erkak va ikkita ayol syorfer kvotasi saqlanib qolgan boʻlsa-da, ISA World Surfing Games 2022 va 2024-yilgi jamoaviy chempionlar uchun ushbu qoidadan ikkita istisno joriy etildi.
Musobaqa jadvali + Tahrirlangan jadval Dastur ↓ / Sana → Shan 27 Yak 28 Du 29 Se 30 Chor 31 Pay 1 Jum 2 Shan3 Yak 4 Du 5 Erkaklar R1 R2 R3 rowspan="2" colspan="2" ¼ rowspan="2" colspan="2" ½ F Ayollar R1 R2 R3 ¼ 29-iyul kuni erkaklar oʻrtasidagi musobaqaning 3-raundining oxiriga kelib ob-havo xavfli tus oldi, bu esa ayollar oʻrtasidagi uchinchi raundni qoldirishga majbur qildi. Keyingi ikki kun davomida ham shu vaziyat kuzatildi. Syorfing 1-avgustdan davom etdi. Musobaqa yana 3-4-avgust kunlari toʻxtatildi, yarim final va finallar shartli ravishda 5-avgustga belgilandi.
Ishtirok etuvchi davlatlar 21 ta davlatdan jami 48 nafar syorfer saralashdan o‘tdi. Kanada va Meksika ushbu sport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida debyut qildi.
Mezbon
Medallar
Medallar jadvali
Medal sohiblari Erkaklar Ayollar
Yana qarang Syorfing 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayt
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari musobaqalari Turkum:Syorfing 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida