Daila Dameno (1968-yil 18-iyunda tugʻilgan) – italiyalik para-kamonchi, para-togʻ changʻichi va para-suzuvchi. U 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida para-suzish, 2006 va 2010-yillardagi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida para-changʻi sporti boʻyicha Italiya shaʼnini himoya qilgan. Birinchi yili u ikkita medal, slalomda kumush va gigant slalomda bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Hayoti Dameno avtohalokatdan keyin tetraplegik holatda qolib ketgan.
Sportdagi faoliyati
Para-suzish Daila Dameno 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzish boʻyicha Italiya nomidan ishtirok etgan. U 200 metrga S5 erkin usulda suzish bahslarida 8-oʻrinni, 50 metr masofaga S5 va batterfly usulida 50 metr masofaga suzish bahssslarida 7-oʻrinni egallagan.
Para-togʻ changʻisi Daila Dameno, shuningdek, 2006-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida para-changʻi sportida ham qatnashgan. Slalom poygasida u 1:49,53 natijani qayd etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan, shohsupada amerikalik Stephani Victor 1:48,54 natija bilan oltin va yaponiyalik Tatsuko Aoki 1:51,39 natija bilan bronza medaliga sazovor boʻlgan. U gigant slalom poygasida 2:08,08 natija koʻrsatib uchinchi oʻrinni egallagan (Kuniko Obinata 2:05,03 va Lori Stivens 2:05,11).
Para-kamon otish 2022-yilda Dameno qoʻshma kamon bilan otishni boshlagan va qisqa vaqt ichida ajoyib natijalarga erishgan. U 2022-yilda Lansianoda boʻlib oʻtgan birinchi Italiya chempionatida debyut qilgan. Daila Dameno ham saralash bosqichida, ham W1 toifasida Asia Pellizzari bilan boʻlgan bahslarda 2-oʻrinni egallagan. Faezda oʻtkazilgan Italiya yopiq inshootlardagi chempionatida u saralash bosqichida kumush medalni qoʻlga kiritgan va yopiq inshootlardagi bhahslar boʻyicha Italiya chempioni unvoniga sazovor boʻlgan. 2020-yil iyul oyida milliy terma jamoaga chaqiruv bilan u 2023-yilda Plzenda (Chexiya) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Pellizzari bilan juftlikda kumush medalni qoʻlga kiritgan, xitoylik raqiblari juftlik W1 toifasida yangi jahon rekordini oʻrnatgan. 2024-yilda ham bir nechta musobaqalarda ishtirok etgan. Novarada u saralash bosqichida oltin, finalda esa Pellizzari bilan kumush medalni qoʻlga kiritganWorld Para Archery . Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asrda Italiyalik sportchilar Turkum:Italiyalik para-kamondan otuvchi s Turkum:Italiyalik togʻ changʻichilari Turkum:Milanlik sportchilar Turkum:Italiyalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Italiyalik ayol kamondan otuvchi sportchilar Turkum:Italiyalik ayol suzu