Eleanor Elizabeth Bourne (1878-yil 4-dekabr – 1957-yil 23-may) – avstraliyalik shifokor. U tibbiyot sohasida oʻqigan birinchi Queensland ayoli. Birinchi jahon urushi davrida koʻngilli boʻlib urushda qatnashgan avstraliyalik 15 nafar shifokor ayollardan biri.

Hayoti va taʼlimi Bourne Avstraliyaning Queensland shtati, janubiy Brisbaneda tugʻilgan. Otasi John Sumner Pears Bourne yer komissiyasi sudining raisi boʻlgan, onasining ismi Jane Elizabeth. Eleanor Bourne boshlangich maktabni aʼlo baholarga bitiradi, 1891-yilgi shtat imtihonida birinchi oʻrinni egallaydi. 1892-yilda Brisbanedagi grammatikaga moʻljallangan qizlar maxsus maktabiga oʻqishga kiradi. Bu yerdan tibbiyotga oid kitoblarni topa olmagani uchun, shifokor boʻlish niyatida Brisbanedagi boshqa oʻgʻil bolalarga moʻljallangan grammatika maktabiga oʻqishga kiradi. 1896-yilda oʻrta taʼlimni tugatib, oliy maʼlumotnoma olish uchun ariza topshiradi. 1896-yilda Sidney universitatida tibbiyot yoʻnalishida oʻqib, Queenslandning birinchi ayol shifokori boʻlishga erishadi. 1903-yil 6-iyulda tibbiy bakalavr va jarrohlik magistri darajalarida oʻqishni tamomlaydi. Oʻqish davrida tif kasaliga chalinib yotib qolganiga qaramay toʻrtta maʼlumotnomani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Karyerasi 1903-yildan Bourne Sidney ayollar kasalxonasida rezident tibbiy xodim sifatida faoliyat boshlaydi. 1907-yilda umumiy shifokor boʻlishdan avval Brisbenedagi bolalar shifoxonasida ishlagan. 1911-yilda xalq taʼlimi boʻlimida ishlaydi va Queensland boʻylab sayohat qilib bolalarni davolaydi. Departament bilan kelishmovchiliklar va ogʻir ish sababli u ish joyini oʻzgartirishga qaror qiladi hamda 1916-yilda Londondagi Qirollik armiyasi tibbiyot korpusiga tibbiy leytenat boʻlib qoʻshiladi. U oʻqigan Endell Street nomidagi London harbiy gospitali doktor Flora Myurrey va Luiza Garrett Anderson tomonidan tashkil qilingan va faqat ayollardan iborat. 1917-yilda Bourne mayor unvonini olgan hamda Qirolicha Mary armiyasining qoʻshimcha korpusiga tibbiy nazoratchi sifatida xizmat qilgan. 1920-yilda Sogʻliqni saqlash boʻyicha hizmatlari uchun diplom olgan, keyinchalik faoliyatini Britaniyada davom ettirgan. 1937-yilgacha Carlisle shahrida shifokor yordamchisi hamda bolalar va onalar sogʻligiga maʼsul shaxs sifatida ishlagan. Nafaqaga chiqqandan soʻng yana Queenslandga qaytgan.

Vafoti Bourne 1957-yil 23-mayda Nundax xususiy shifoxonasida vafot etgan. Janubiy Brisbane qabristoniga dafn etilgan. U turmush qurmagan. Cook shahrining Canberra chakkasidagi Bourne koʻchasi uning nomiga atalgan. Manbalar

Turkum:Ayol shifokorlar Turkum:Avstraliyalik ayollar Turkum:Birinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Avstraliyalik ayol shifokorlar