Urganch Egamnazarov (2000-yil 21-aprel, Nurobod tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Musobaqalarda T11 klassida ishtirok etadi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirokchisi, Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida bronza medali sohibasi.

Faoliyati 2018-yildan buyon para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida bronza medaliga sazovor boʻlgan.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida 6,09 metr natija bilan beshinchi oʻrinni egallagan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari