Shaxina Yigitaliyeva (2008-yil 16-oktyabr, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning nayza uloqtirish yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining kumush medal sohibi.
Faoliyati 2024-yilgi Parij Paralipiadasida yengil atletika musobaqasi nayza uloqtirish bahslarining F46 klassida (bir yoki ikkala qoʻl harakati oʻrtacha darajada nuqsonlangan yoki oyoq-qoʻllari yoʻq sportchilar qatnashadi) 43.12 metr natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Mukofotlari Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)
Manbalar
Havolalar Turkum:Paralimpiyachi ayollar Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari